• umumiy uslubiyot va maxsus uslubiyot
  • 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet321/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Uslubiyot tushunchasi oʻqituvchilik nuqtayi nazaridan qaraganda ikki xil ma’noda ishlatiladi:
    – uslubiyot - oʻquv yurtlarida olib boraladigan nazariy kurs, oʻquv fani sifatida; 
    – uslubiyot - oʻqituvchining ish uslubi va shakllari sifatida. 
    Uslubiyot haqida gapirilganda, ta’limning asosiy obyektiv va subyektiv omillari yigʻindisidan kelib 
    chiqish kerak. Uslubiyot ta’lim amaliyotining samarali uslublarini oʻrganish asosida ishlab chiqiladi, ilmiy-
    nazariy izlanishlar jarayonida amaliyotda asoslash va umumlashtirish natijasida hosil qilinadi. Pirovardida 
    ikkita asosiy uslubiyot hosil boʻladi: ya’ni umumiy uslubiyot va maxsus uslubiyot. Umumiy uslubiyot 
    ta’lim jarayonining oʻziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Maxsus 
    uslubiyot esa ta’limning maxsus bilim koʻnikmalarini tezroq egallash uslubi va shakllarini ishlab chiqadi. 
    Oʻqituvchi cholgʻuda ijro qilish, kuylash, musiqa savodi, tarixi, kompozitor, ijodkorlar haqida bilim, 
    malakaga ega boʻlishi talab etiladi. Shuning uchun cholgʻu ijrochiligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Xalq cholgʻularida ijrochilik uslubiyotini takomillashtirishni quyidagi asosiy bosqichlarga boʻlish 
    mumkin:
    - zamonaviy umumiy va musiqiy pedagogika, psixologiya va didaktika masalalarini chuqur oʻrganish; 
    - maxsus uslubiyotlar natijalarini, dars berish tajribalarini oʻrganish va umumlashtirish; 
    - oldingi maktablar hamda yoʻnalishlarni tanqidiy tahlil qilish, buning natijasida zamonaviy ta’lim 
    rivoji tamoyillarini ishlab chiqish. 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    235 
    Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlashimiz kerakki, bugungi 
    kunda zamonaviy talablarga javob beruvchi ustoz-oʻqituvchilar oʻzbek xalq cholgʻularini oʻqitish 
    uslubiyotini, ta’limning har bir bosqichiga (boshlangʻich, oʻrta, oliy) alohida, oʻziga xos ravishda yondashib, 
    kelajakda yangi avlod adabiyotlarini yaratgan holdagina kasbiy tayyorgarlikning sifatini ta’minlash mumkin. 
    Chunki bugun har bir oʻquvchi biror cholgʻuda ijro etishni oʻzlashtirishi talab etilmoqda. Bundan tashqari 
    ayrim oʻquvchilar umumta’lim maktablardan tashqari Bolalar musiqa va san’at maktablarida ham tahsil 
    oladilar. Bu ham oʻqituvchi-ustozga katta mas’uliyat yuklaydi. Musiqiy maktablar oʻquv dasturlari bilan 
    tanishish masalasini ham talab etadi. Umuman olganda, bugungi kunda oʻzbek xalq cholgʻulariga 
    bagʻishlangan bir qancha oʻquv-uslubiy va uslubiy adabiyotlar nashr etilgan. Chunki bu bir tomondan, 
    maxsus soha boʻlib, uning asosini chuqur oʻrganish kerakligi boʻlsa, ikkinchi tomondan, xalq cholgʻularining 
    nihoyatda koʻpligidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar musiqa va san’at maktablarida hozirgi kunda 16 xil 
    koʻrinishdagi cholgʻular ijrosi boʻyicha tayyorgarlik olib boriladi. Bu oʻquv va tarbiyaviy yoʻnalishda, har 
    bir ixtisoslik fanlari boʻyicha oʻqituvchining vazifasi – boʻlajak sozanda ijrochini cholgʻuda ijrochilik 
    koʻnikmalariga oʻrgatibgina qolmay, balki oʻzlashtirilayotgan asarni ham texnik, ham badiiy jihatdan chuqur 
    his qilish, dunyoqarashini shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun esa 
    oʻqituvchilik faoliyatini toʻgʻri tashkil qilinishi muhim omil hisoblanadi. Mashgʻulotlarda asardagi har bir 
    tovushga, har bir texnik ijrochilik uslubiga alohida e’tibor berilishi asarning shakli, mazmuni, mohiyati, 
    badiiy xususiyatlarini chuqur oʻrganishi, bilish va, pirovardida, asarni yuqori darajada mahorat bilan ijro 
    etishi - oʻquvchilar dunyoqarashlarining kengaytirishga xizmat qiladi.
    Hozirgi paytda “Musiqa madaniyati” fanining asosiy vazifasi - musiqiy madaniyatni ommalashtish, 
    musiqa san’atini yuqori darajada tushunadigan, uni his etadigan, estetik tarbiyalangan oʻquvchilarni 
    tarbiyalashdir. 
    Ta’lim mazmunida har bir hududning san’ati va musiqa madaniyati urf-odatlari marosimlari badiiy 
    an’analarida oʻz ifodasini topgan. Hayot va atrof goʻzalligini bilmay turib toʻlaqonli badiiy ijodni amalga 
    oshirib boʻlmaydi. Musiqa san’ati estetik idrokning bitmas tuganmas manbaidir. Inson yuragi va aqlini zabt 
    etuvchi maftunkor dunyodir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqiy merosga ega. Bebaho qadriyatimiz boqiy 
    merosimiz jahonni larzaga solgan mumtoz musiqa san’atimiz jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida 
    tarbiyaning mazmuni, yoʻnalishi, umum-insoniy qadriyatlar uygʻunligi asosida aqlan yetuk axloqan pok, 
    jismonan baquvvat, milliy mas’uliyat tuygʻusini anglashga yordam beradi. Oʻquvchilarni tarbiyalab voyaga 
    yetkazish, shakllanishida “Musiqa madaniyat” fani muhim oʻrin tutadi.
    Bugungi kunda shunchaki bilim egasi boʻlgan yoshlar emas, balki ijodkor, iste’dodi bilan ajralib 
    turuvchi oʻquvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Milliy tarbiyaning mazmuni quydagi vazifalari bor:
    1. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi. 
    2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari. 
    3. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bogʻliqligi. 
    4. Tarbiyaning milliy madaniy va umuminsoniy qadriyat ustuvorligi. 
    5. Oʻquvchilarning yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish