2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
225
Kuyning negizidan oʻrin olgan sinkopali ritmik harakat, shuningdek, kuy rivojidan oʻrin
olgan
ortirilgan sekunda intervalining boʻrttirib koʻrsatilishi sharq olamining yorqin koloriti va temperamentini
oʻzida mujassam etadi. Joʻrnavoz partiyasi asarning asosiy kuchli hissalarni boʻrttirib koʻrsatishga va
garmonik asosini belgilashga xizmat qiladi (T-VII
7b3 I
T-d
7b5I
). Joʻrnavoz partiyasining 2-taktli ritmik
tayyorlovi asosida kelgan soʻnggi boʻlim (v-11-18 taktlar) hajman 8 takt boʻlsa ham, birmuncha rivojlangan,
noturgʻun kuyga harakatlanuvchi sekventsiyalar ketma-ketligidan tashkil topgan. Joʻrnavoz
partiyasi
yakkaxon ijrosida talqin etilgan bosh mavzuga koʻmak beruvchi vazifani bajarib, uning tabiati, raqsbop
asosini ta’minlab beradi.
Ikkinchi qism (
V: 23-47-taktlar) dastlabki boʻlimga nisbatan lirik xarakteri
va bir muncha kuychan
tabiati bilan ajralib turadi
Ushbu yangi boʻlimning kirib kelishi, tonalligi oʻzgarmasligiga qaramay, joʻrnavoz fortepiano