• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • Key words: instruments, instrumental performance, musical treatises, performing arts, scientific  knowledge.  Kirish




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet306/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Key words: instruments, instrumental performance, musical treatises, performing arts, scientific 
    knowledge. 
    Kirish. Xalq cholgʻu asboblari juda qadim zamonlarda, eramizdan avvalgi davrda paydo boʻlgan, deb 
    taxmin qilinadi. Cholgʻulardan dastlab urma zarbli cholgʻular paydo boʻlgan, chunki eng qadimgi mehnat 
    qoʻshiqlari, ovga chiqishlar usul (ritm) tuzilish jihatidan bevosita bir-biriga bogʻliq boʻlgan. Keyinchalik 
    shovqinli musiqa asboblari paydo boʻldi. Ijrochilar qarsak chalib, usul (ritm)ni ta’kidladilar, shovqinli 
    cholgʻular ta’sirini kuchaytirdilar. Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish va bambuk poyasidan surnay, 
    hushtak, yana bir oz oʻtgach esa nay, naysimon hushtaklar, shiqildoqlar, chiltor (arfa) yasaldi. Oʻsha 
    paytdagi nay cholgʻu asboblari hozirgi zamon zamonaviy koʻp teshikli naylardan bir oz farq qilgan. Vaqt 
    oʻtib, ushbu cholgʻular takomillashib, koʻp yillik naylar yuzaga keldi, soʻngra torli-mizrobli va torli-
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    222 
    kamonchali musiqa cholgʻulari paydo boʻla boshladi. Ulardan saroy a’yonlarining marosimlarida, harbiy 
    yurishlarida foydalanilgan.
    Asosiy qism. Eramizdan avvalgi III asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning Gʻarbiy viloyatlarida Parfiyon(a), 
    Sharqda esa Grek Baqtriya davlatlari tashkil topdi. Eramizning I asrida Oʻrta Osiyoning janubiy qismida 
    qudratli Kushon shohligi tashkil topdi. Mahalliy Kushon sulolasi ostida bir qancha davlatlar birlashdi, buning 
    natijasi oʻlaroq shaharlar yuksaldi, madaniyat gullab yashnadi, yangi-yangi musiqa cholgʻularining 
    yaratilishiga shart-sharoit yuzaga keldi [1]. Quldorlik jamiyati Oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati rivojida 
    muhim bosqich boʻldi. Xalq musiqasi yanada yuksalishi bilan birga, cholgʻu asboblar ham takomillashdi.
    Asrimizning 30-40-yillarida uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar (S.L.Tolstov, V.A.Vyatkin, 
    M.V.Masson va boshqalar rahbarligida) natijasida Oʻrta Osiyo madaniyatini, shu jumladan, xalq 
    cholgʻularini oʻrganishda qimmatli ma’lumotlarga ega boʻlindi[4]. Topilgan madaniy yodgorliklar: nay 
    rubobsimon cholgʻu, hozirgi doiraga oʻxshash doʻmbira, nogʻora va shu singari cholgʻu asboblarini 
    chalayotgan mashshoqlar tasvirlangan. Bular Afrosiyob, Tuproq qal’a, Ayratam kabi shaharlardan topilgan 
    sopol idishlardagi mashshoq haykalchalardir. Ularda turli xil musiqa asboblari: lyutnya, tanbur, rubobsimon 
    cholgʻu, qonun, ud, rud, shemani, (musiqor) chagʻona, chiltor, nay, burgʻu, surnay, karnay, doirasimon 
    cholgʻularda mashq qilishlari tasvirlangan. 
    Cholgʻular joʻrligida qoʻshiq, oʻyin va kuylar xalqning katta-katta marosimlari va oilaviy bayramlarda 
    ijro etilgani bizga ma’lum. Bayramlar koʻpincha yil fasllari bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Osiyoda “Navroʻz”, 
    “Lola sayli”, “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Uzum sayli” kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan. 
    Bunday ommaviy bayramlarni xalq cholgʻu ansambllari xonanda va sozandalar hamda raqqosalarsiz 
    tasavvur qilish qiyin. Bayramlarda, madaniy marosimlarda ayniqsa karnay, surnay, doira, nogʻora va 
    chindavul kabi urma zarbli musiqa asboblari keng qoʻllanilgan. 
    Feodalizm davrida arab istilosi Oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati taraqqiyotiga sezilarli ta’sir oʻtkazdi. 
    VII-VIII asrlarda arab xalifaligida tirik jonzotni tasvirlashni ta’qiqlovchi, islom dinining yoyilishi, devoriy 
    sur’atlarni, shu jumladan, musiqa cholgʻulari tasvirining barham topishiga olib keldi [2].
    IX asrga kelib Buxoro yirik madaniy markazga aylandi va ayni paytda yakkanavoz, ansambl 
    musiqachiligi va raqsni oʻz ichiga olgan vokal-cholgʻu musiqa turkumlari rivojlandi. Oʻrta asr sharoitida 
    musiqiy ixtisoslashuv, maxsus musiqa ustaxonalari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu yerda ustoz-shogird 
    an’analari qaror topib rivojlandi. Musiqa cholgʻu asboblari ham shakllandi. Asboblarning yangi namunalari 
    kashf etildi. 
    Bugun Oʻzbekistonda musiqiy ta’lim jahondagi eng ilgʻor ta’lim tizimlaridan biriga aylangan, desak 
    mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻnlab, yuzlab sozandalarimiz qardosh va Yevropa sahnalarida nafaqat oʻzbek 
    musiqasini, balki turli janr va durdona asarlarni ijro etib, mahoratlarini yuqori darajada namoyish etishga 
    erishmoqdalar. Bu, albatta, yurtimizda musiqa san’ati yuqori darajada ekanligi hamda sozanda-
    musiqachilarni oʻqitish uslubiyoti ilgʻor ekanligidan dalolatdir. Bundan tashqari, yurtimizga dunyoning turli 
    davlatlaridan musiqa ansambllari, kompozitorlari, musiqachilari hamda dirijorlari tashrif buyurib, oʻz konsert 
    dasturlarini, shu bilan birga bizning sozandalarimiz bilan hamkorlikda ijrolarini namoyish etib kelmoqdalar. 
    Bu ham oʻzbek musiqa san’atining dunyo sahnalaridagi oʻrni, nufuzi yuqoridaligi boshqa xalqlarning ijobiy 
    fikrlaridan dalolat beradi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words: instruments, instrumental performance, musical treatises, performing arts, scientific  knowledge.  Kirish

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish