|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 302/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
219
fikrlash rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Ortogonal chizmalarga qoʻshimcha ravishda geometrik obyektlarning uch oʻlchovli modellari va
animatsion roliklardan foydalanish talabalarni jarayonga hissiy jalb qilishga yordam beradi.
T.I.Tatarinseva olib borgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, animatsiya va boshqa grafik ma’lumotlardan
foydalangan holda oʻqitish quyidagi imkonlarni beradi:
- axborotni eslab qolishni 10 foizga oshirish;
- axborotni qabul qilishni (tushunishni) 30% ga oshirish;
- talabaning oʻquv jarayoniga jalb etilganligini oshiradi;
- 50% gacha mashgʻulot vaqtini qisqartiradi;
- tasvirlardan foydalanish, oʻqitish jarayonining samaradorligini 89% gacha oshirishga imkon beradi;
- animatsiyalar statistik tasvirlarga nisbatan ma’lumotlarni idrok qilishni sezilarli darajada yaxshilaydi.
V.Knyazikovning fikricha, oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarni qoʻllash quyidagi tamoyillarga
rioya qilishni nazarda tutadi:
- maqsadga muvofiqligi (kompyuter texnologiyalaridan foydalanish har bir aniq holatda, metodik va
amaliy zaruratlardan kelib chiqqan holda asoslanishi kerak);
- dinamikligi (butun oʻquv jarayoni davomida grafik va boshqa dasturlarni bosqichma-bosqich kiritish
nazarda tutilgan).
Muhokamalar va natijalar. Qalam va chizmachilik asboblaridan foydalangan holda oʻqitishning
an’anaviy usuli oʻtmishda qolmoqda. Oʻqitish jarayonida, oʻrganilayotgan detalning qogʻozli eskizini
olgandan soʻng, uning ishchi chizmasini qogʻozga an’anaviy usulda bajargandan koʻra, detalning uch
oʻlchovli elektron modelini yaratish maqsadga muvofiq boʻladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash dasturida
olingan model detalning konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYT)ga muvofiq ishchi chizmalarini
bajarish va ularni xalqaro standart talablariga asosan qayta koʻrib chiqish imkonini beradi.
Muhandislik grafikasi fanlarini oʻrganishda grafik dasturlardan foydalanish talabalar ilmiy
tadqiqotlarini rivojlantirishga, ularning nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishini kuchaytirishga yordam
beradi. Bular hozirgi kunda oliy ta’lim oldida turgan asosiy vazifalardir.
Bugungi kunda qurilush chizmachiligidagi planlarning yoki qurilishga doir bir qator buyumlarning
elektron modellarini yaratishga imkon beradigan juda koʻp turli xil grafik dasturlar mavjud. Bunday
modellar yaratish imkonini beruvchi grafik dasturlarni yaratuvchi kompaniyalardan BIM va Autodesk
kompaniyalari yеtakchilikni oʻz qoʻllariga olgan. Muhandislik grafikasi fanlarida bunday buyumlarni
modellashtirish, ularni talabalar tomonidan yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi va koʻrgazmalilikni
sezilarli darajada oshiradi. Koʻrgazmalilik, ayniqsa, qurilish chizmachiligi fani uchun oʻta muhim boʻgʻin
hisoblanadi. Rivojlanayotgan ta’lim jarayonida mahoratli pedagog oʻz oldiga bir qator samarali maqadlarni
amalga oshirish imkoniyatiga ega, ya’ni unga asosiy koʻmakchi vazifasini elektron darslik bajaradi. Elektron
darslik, ayniqsa, qurilish chizmachiligi fanida juda yaxshi samara beradi. Sababi qurilish mavzusiga oid
boʻlgan mavzularni chizmachilikning qolgan sohalariga qaraganda animatsion video roliklar, elektron
plakatlarda ancha yaxshi va tushunarli chiqadi. Qurilish mavzusidagi animatsiyalar talabalar koʻrgan va
oʻzlari hayoti davomida duch kelgan obyektlar misolida boʻlganligi sababli talabalarning tushunishlari bir
muncha oson va tez boʻladi, bu esa pedagog oʻz oldiga qoʻygan maqsadga erishishda muhim qadam
hisoblanadi.
Bundan tashqari, zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida tayyorlangan elektron darslik biz
oʻqib oʻrgangan an’anaviy bosma darsliklarning oʻrnini bosishi bilan bir qatorda, pedagogga bogʻliq
boʻlmagan muommolarni ham hal qilish imkoniyatlari mavjud boʻlishi bilan qator avzalliklarga ham ega
hisoblanadi. Masalan, oʻqituvchi dars jarayonida mavzu boʻyicha tushuntirayotgan chizmalarni chizib
boʻlgach talabalardan savol tugʻilsa chizmaning qaysidir bosqichaga ya’ni ortga qayta olmaydi, natijada
talabalarda oʻzlashtirish bir muncha pasayadi. Elektron darslikda esa animatsion qilingan chizmalarda
buning imkoniyatlari mavjud boʻlishi bilan bir qatorda, oʻsha chizmaning yaqqol koʻrinishini ham namoyish
etish imkoniyati mavjud hisoblanadi.
Elektron darslikning afzalliklari:
- materiallarning tanlov fnksiyalari;
- animatsion materiallarni xohlagan tezlik vaketma-ketlida koʻrish;
- bir materialdan ikkinchi materialga oson oʻtish;
- darslikdan istalgan vaqt va joyda foydalanish;
- darslikdagi ma’lumotlarning videoroliklar orqali mustahkamlanishning bir vaqtda amalga oshirilishi.
Oʻquv jarayoniga uch oʻlchovli modellashtirish kompyuter texnologiyalarini joriy etish, muhandislik
grafikasi fanlarini oʻqitishning shakllangan an’analarini qayta koʻrib chiqishni talab qiladi. Obyekt haqida
eng toʻliq, aniq va koʻrgazmali ma’lumot manbai bu uning hajmli modeli hisoblanadi. Zarur boʻlsa undan
https://buxdu.uz
|
| |