2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
221
Dilshodjon MELIBOYEV
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
xalq cholgʻularida ijrochilik
kafedrasi katta oʻqituvchisi
CHOLGʻU IJROCHILIGINING ILMIY VA AMALIY UYGʻUNLIGI
Milliy cholgʻularimiz oʻzining xilma-xilligi bilan boshqa xalq cholgʻularidan yaqqol ajralib turadi.
Donishmand-u allomalarimiz cholgʻularni inson ruhiga ma’naviy ozuqa yetkazuvchi muhim vosita tarzida
tasvirlab, bu haqida goʻzal satrlar ham bitganlar. Cholgʻular xususidagi dastlabki ilmiy ma’lumotlarni oʻrta
asrlarga oid yozma manbalarda koʻramiz. Xususan, Abu nasr Forobiyning “Katta musiqa kitobi”, Darvish
Ali Changiyning musiqaga oid risolasi kabi yozma manbalarda, oʻtmishda musiqa amaliyotida qoʻllangan
cholgʻular ta’rifi va tasnifi bayon etiladi. Musiqa sadolarining kishi ruhiga ta’siri Abu Nasr Forobiy va Abu
Ali Ibn Sinoning ham qiziqtirgan. Buyuk qomusiy olim, musiqa cholgʻu kishilarni quvontirish va qaygʻuga
solish, ovitish va chuqur oʻy surishga majbur qilish, xursand qilish, hayratga solish va uxlatib qoʻyishning
uddasidan chiqa olganligi haqida hikoya va rivoyatlar xalq ogʻzaki ijodidan bizgacha yetib kelgan. Mana
shu ma’lumotlarning oʻziyoq cholgʻu ijrochiligining ilmiy va amaliy uygʻunligi qadimdan amaliyotda
ekanini anglatadi. Ushbu maqola aynan shu mavzuni yoritadi.