2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
223
M.Bafoyevning afgʻon rubobi va xalq cholgʻulari orkestri uchun konsert O.Abdullayevaning afgʻon rubobi
va xalq cholgʻulari
orkestri uchun konsert, M.Otajonovning afgʻon rubobi va fortepiano uchun konsert
asarlarini ta’kidlab oʻtish oʻrinlidir. Afgʻon rubobchi sozandalardan Usta Muxammad Umar, Tovur Jumayev,
Ergash Shukurullayev,
Umarjon Xamidov, Gʻulomqodir Ergashev hamda hozirgi kunda oʻqituvchilik
faoliyatini olib borayotgan ustozlarimiz Ilxom Azimov, Anvarjon Xojinazarov,
Feruza Xakimovalar
respublika hamda xalqaro koʻrik tanlovlarida gʻolib boʻlish bilan bir qatorda, oʻzbek san’atini boshqa
mamlakatlarda namoyish qilishga erishdilar.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, milliy musiqamizni ilmiy oʻrganish, yangi shakllanayotgan ijrochilik
maktablarini
tatbiq etish, shunga yarasha yangi adabiyotlar yaratish kabilar bugungi dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Oʻquv maskanlarining barcha bosqichlarida ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish,
turli
nufuzli tanlovlarga talabalar tayyorlash asosiy vazifamizdir. Ushbu ishlarni amalga oshirishda biz kabi
yoshlar izlanish, ilmiy faoliyatni amaliy ijrochilik bilan uygʻunlikda olib borishni talab etadi.