, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
209 
uning kreativligida yanada muvaffaqiyatli kengaytiriladi. 
Mustaqillik – shaxsning muhim xarakteristikasi, oʻz oldiga ma’lum maqsadlarni qoʻyish va ularga oʻz 
kuchi bilan erishishda namoyon boʻladi. Aqliy (yoki bilish) mustaqillik shaxsning faolligi va tirishqoqligi 
koʻrsatkichi, bilish uchun izlanishga qodirligi sifatida qaraladi. 
Talabalarning ijodiy mustaqilligi oʻqituvchining sistemali nazorati, mustaqil ish hamda ragʻbatisiz 
yangilik yaratish ustida ishlash, oʻz ishi ayrim shakllarini va, umuman, oʻquv faoliyatini tashkil qilish 
malakalarida namoyon boʻladi. Ijodiy mustaqil tasavvur, gʻoyalarni generatsiyalash va yangilik yaratish 
malakalari rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. 
Talabalar kasbiy-ijodiy mustaqilligining tiklanishi quyidagi didaktik shartlarga rioya qilinganda 
amalga oshiriladi: 
– talabalarning yangi bilimlarni mustaqil izlashini mustaqil ishlaydigan faolligi; 
– oʻquv va ijodiy topshiriqlar izchilligi; 
– alohida topshiriqlarni yagona kompleksning oʻzaro bogʻliq komponentlari sifatida idrok etish 
yaxlitligi. 
Psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili talabalar ijodiy mustaqilligining uchta: yuqori, oʻrta va past 
darajasini aniqlash imkonini berdi
.
Ijodiy mustaqillikning yuqori darajasida talaba mustaqil ishga yoʻnalgan. Bu uning oʻz-oʻzini 
takomillashtirish ehtiyojida namoyon boʻladi. U mustaqil ish mohiyati va samarali mustaqil oʻquv-ijodiy 
faoliyatga koʻmaklasha oladigan yoki uni tormozlaydigan shaxsiy sifatlar haqida anchagina chuqur 
bilimlarga ega. Talabada mustaqil ish uchun zarur malakalar kompleksi shakllangan, shuningdek, ularni 
ijodiy ishga kiritish uchun koʻnikmalar rivojlangan. 
Ishning maqsad va vazifalari, ularga erishish usullarini belgilash va oʻz harakatlari ustidan nazorat 
talaba tomonidan, asosan, mustaqil bajariladi, oʻqituvchi maslahatchi rolini bajaradi. Ijodiy mustaqillikning 
oʻrta darajasida talaba mustaqil faoliyatga yoʻnalgan, biroq uni tashkil qilishda oʻqituvchining jiddiy 
yordami va rahbarligi talab etiladi. Mustaqil ishlash koʻnikmalar kompleksi u qadar rivojlangan emas. 
Talaba topshiriqlarni bajarishda, maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yetarlicha faol va izchil emas. 
Ijodiy mustaqillikning past darajasida talabalar oʻz kuchiga ishonmaydi, oʻqishda yaxshi natijalarga erishish 
istagini namoyon qilmaydi. Bunday talabalar uchun tashabbus, izlanishli va ijodiy ishlarga qiziqishning 
yoʻqligi, ularni bajarishdan bosh tortish xarakterli. Bunday talabalar reproduktiv ish doirasidan chiqmaydi. 
Koʻchirish, etyudlarning tugal emasligi, samarali usullarga qiziqishning epizodikligi, turli materiallar bilan 
ishlash koʻnikmalarining yoʻqligi ijodiy mustaqillik darajasi past boʻlgan talabalarning xarakterli qirralari 
sanaladi. Mustaqil ish uchun topshiriqlar dasturida muammolilik tamoyilining realizatsiyalanishi talabalar 
ijodiy mustaqilligi yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Turli yoʻnalish ustalarining uslubiy 
usullari va texnika xususiyatlarini (bir-biri bilan qiyoslab) tahlil qilishga asoslangan topshiriqlar ijodiy 
izlanishning shakllanishi va ijodiy tashabbuskorlikning namoyon boʻlishiga koʻmaklashadi. Rang tasvirda 
muammoli oʻqitish aynan bir oʻquv vazifasi xarakteriga koʻra mutlaqo turlicha boʻlgan koʻplab etyudlarda 
muvaffaqiyatli bajarilishi mumkinligini koʻzda tutadi. Natura, metod va tasviriy vositalarni tanlash 
talabaning oʻziga ishonib topshiriladi (oʻrganish predmeti boʻlganida topshiriq shartida kamdan-kam aytib 
oʻtiladi). Rangtasvir ishini yuritish metod va usullariga oʻrgatish kerak. Qisqa muddatli etyudlarni allaprima, 
xomaki, quruq, uzoq muddatli, koʻp seansli etyud ishlash metodik ketma-ketligiga, ijodiy kompozitsiya 
ustida ishlash metodikasini egallash intellektual faoliyatning strukturaviy qism mustaqil ish sifatida fikrlash 
sistemaliligini tarbiyalashga koʻmaklashadi va bu harakatlarni ijodiy ishda avtomatizm darajasiga oʻtkazadi. 
Samarali auditoriyadan tashqari oʻquv-ijodiy faoliyat uchun talaba quyidagi mustaqil ish malakalarini 
egallashi kerak:
– turli oʻquv va ijodiy vazifalarni qoʻyish va yechish; 
– bilimlarni faoliyatning bir sohasidan boshqasiga koʻchirish va qoʻllash; 
– qiyoslash, tahlil qilish va umumlashtirish, ya’ni analitik-sintetik faoliyat operatsiyalarini bajarish. 
Rangtasvir boʻyicha auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalar ijodiy mustaqilligini 
shakllantirish uchun bu jarayonga ta’sir etadigan mustaqil ishlarni aniqlash kerak. Ular pedagogik-psixologik 
tadqiqotlarda hujjatlar, mustaqil ish adabiyotlar tahlili asosida aniqlanadi. 
Talabalar ijodiy mustaqilligini shakllantirishga ta’sir etadigan mustaqil ishlarni beshta guruhga boʻlish 
mumkin: 

Download 6,23 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish