• Asosiy qism.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet295/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Ключевые слова: архитектурный рисунок, дидактические принципы, эскиз, античная 
    скульптура, капитель, фриз, розетка, рисование по памяти и представлению. 
    This article discusses the specifics and features of the architectural drawing. The features of the 
    architectural drawing are revealed, the most important of which is the unity of artistic and creative and 
    educational and cognitive. A methodology for the stage-by-stage implementation of an architectural drawing 
    from the point of view of modern didactic provisions is proposed. The proposed methodology is based on the 
    didactic principle of the sequence method. Conclusion - the learning process is based on the principles of 
    modern didactics. 
    Key words: architectural drawing, didactic principles, sketch, antique sculpture, small caps, frieze, 
    socket, drawing from memory and representation. 
     
    Kirish. Zamonaviy axborot texnologiyalariga oʻtish, texnik taraqqiyotning jadal oʻsishi bilan bir 
    qatorda koʻplab me’morlarning, ayniqsa, yoshlarning eskiz loyihalarini yaratishda raqamli texnologiyalarga 
    tayanishi va shu orqali ish jarayonining tezlashishiga ma’lum darajada sabab boʻldi. Kompyuterlar koʻpincha 
    modellashtirish, loyihalash va ijodiy natijalarni qayd etishda qoʻllaniladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, 
    hunarmandchilikka asoslangan konseptual-mantiqiy va badiiy-ijodiy yondashuv me’morning kasbiy 
    faoliyatida asos, asosiy narsa boʻlib qoladi. Va shu munosabat bilan me’moriy muhitni chizmalarda aks 
    ettirish vositalari va usullarini ishlab chiqishda boʻlajak me’morlarning fazoviy va kompozitsion tafakkurini 
    shakllantirishga qaratilgan oʻqitish sifatini oshirish yoʻllarini aniqlash va rivojlantirish vazifasi paydo 
    boʻladi. 
    Asosiy qism. Arxitektura ijodkorligi vizual savodxonlik asoslari bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, 
    hajm-fazoviy munosabatlarni tekislikda yetkazish usullari bilan bogʻliq. Arxitektor uchun rasm chizish - bu 
    fikrni ifodalashning asosiy vositasi, kelajakdagi tuzilmani yaratishda birinchi qadamdir. Rasm, eskizda 
    me’moriy kompozitsiya tushunchasi, kompozitsiya qoidalari va texnikasiga rioya qilish miqyosi, 
    kompozitsion markaz, ritm, rang yoritilishi va hokazolar vujudga keladi. Shu bilan birga, me’moriy 
    chizmaning xususiyatlarini aniqlash, akademik rasmning umumiy qoidalaridan farqli oʻlaroq, hozirgi 
    bosqichda me’moriy ijodning eng muhim qismidir. 
    Arxitektura chizmasi nima? Arxitektura chizmasini bajarish texnikasining oʻziga xos xususiyati 
    nimada? Bir qator mualliflar ta’kidlaydilar: arxitektura chizmasi - bu har qanday arxitektura va dizayn 
    muammosini (rasm, eskiz, loyiha) ishlab chiqish uchun qilingan har qanday erkin chizma [1, 6]. 
    Me’morchilik ijodining bir qismi sifatida me’morning kasbiy tayyorgarligida rasm chizish alohida 
    oʻrin tutadi. Qalamtasvirning arxitektura ta’limidagi oʻrni haqida shunday baho berish mumkinki, inson qoʻli 
    bilan yaratilgan me’morchilik eskizi me’moriy shakllanishning dastlabki eskiz-gʻoyalardan tortib, 
    qurilayotgan obyektdagi me’moriy qiyofaning konkret timsoligacha boʻlgan boshlanishi hisoblanadi. 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish