• Aloqaning maxfiyligi.
  • Yongʻindan himoyalangan.
  • Yengilligi, hajmi va oʻlchamlarining kichikligi




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet272/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Yengilligi, hajmi va oʻlchamlarining kichikligi. Optik tolalar mis tolalar bilan solishtirilganda
    ancha yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta 
    optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron poʻlat 
    lenta bilan qoplangan boʻlsa, bunday tola diametri 1,5 cmga teng boʻladi, bu esa koʻrilayotgan mis kabel 
    diametridan bir necha marta kichik. 
    Optik tolaning bu afzalligi optik tolalarni tortishda ancha yengilliklar yaratadi. Yengilligi va 
    oʻlchamining kichikligi tufayli optik tolaning samolyot, vertolyot va boshqa transport vositalarida ishlatilishi 
    nur tolaning juda muhim yutugʻidir. Masalan, axborotlarni yigʻish va boshqarish vazifalarini bajarish uchun 
    maxsus jihozlangan samolyotlarda bogʻlovchi nur tolalar ogʻirligini 1 tonnadan ortiq kamaytiradi [6, 185-
    220]. 
    Aloqaning maxfiyligi. Optik nur tolalar radio diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan 
    uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish mumkin emas. 
    Nur tola liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qoʻllab, 
    darhol ruxsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini oʻchirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi 
    mumkin. 
    Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qoʻllovchi tizimlar tebranishlarga, bosimning 
    ozgina ogʻishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Hukumat, bank va ma’lumotlar himoyasiga yuqori talablar 
    qoʻyiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa tarmoqlarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa 
    zarurdir [5, 150-185]. 
    Yongʻindan himoyalangan. Optik tolada uchqun hosil boʻlmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi 
    korxonalarda, portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan binolarda xavfsizlikni oshiradi. 
    Iqtisodiy samarador. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan 
    kremniy ikki oksidi - SiO
    2
    tashkil etadi. Demak, tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli 
    metall sarflanmaydi. Mis va qoʻrgʻoshinning dunyoviy zaxiralari chegaralangan hozirgi vaqtda noyob 
    boʻlmagan mahsulotga oʻtish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. 
    Natijada, optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi. 
    Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslyatsiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq 
    masofali aloqa liniyalarida optik kabellarning qoʻllanilishi retranslyatorlar soni qisqarishiga olib keladi. 
    Natija sarf harajatlar har kamayadi.

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yengilligi, hajmi va oʻlchamlarining kichikligi

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish