• Optik tolada yorugʻlik axborotlarining kam yutilishi.
  • Shovqindan himoyalanganligi yuqori.
  • 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • Oʻtkazish oraligʻining kengligi




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet271/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Oʻtkazish oraligʻining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi (1014) Gs bilan 
    tushuntiriladi. Bitta optik tola boʻylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati 
    mavjud. Oʻtkazish oraligʻining kengligi nur tolaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun 
    turuvchi eng muhim afzalligidir. 
    Optik tolada yorugʻlik axborotlarining kam yutilishi. Hozirgi kunda koʻplab korxonalar tomonidan 
    ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm toʻlqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km 
    yutilishga ega. Soʻnish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik aloqalarni optik aloqa tolalari boʻylab 
    regeneratsiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. 
    Shovqin sathining kichikligi optik tolaning oʻtkazish qobiliyatini oshiradi. 
    Shovqindan himoyalanganligi yuqori. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, koʻp tarkibli shisha, 
    polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega, atrofidagi 
    mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    195 
    tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Shuningdek, koʻp tolali optik kabellarda koʻp juftli mis 
    kabellarga xos elektromagnit nurlanishlarning oʻzaro ta’siri kabi muammolar yuzaga kelmaydi [5, 45-82]. 
    Bu afzalligi tufayli optik kabellardan ishlab chiqarish korxonalarida, boshqaruv markazlarida
    samolyot va kema kabi transport vositalarida foydalangan ma’quldir. Chunki shu kabi kichik joylarda ham 
    energetik qurilmalar, ham avtomatika va teleboshqaruv tizimlari, ham koʻp sonli abonent qurilmalaridan 
    iborat tarmoqlangan aloqa tarmoqlari joylashgan boʻladi [6, 54-115]. Bunday holatda elektromagnit va 
    oʻzaro shovqinlar yuzaga keladi. Optik kabellarning esa bunday shovqinlarga ta’sirchan emasligini aytib 
    oʻtdik. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish