|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 268/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1
Kirish. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarga fundamental fanlarning
asosi boʻlmish fizika fanini mediatexnologiyalar asosida oʻqitish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar
fanga oid bilimlarni tayyor holda emas, balki bu jarayonda mustaqil bilim olish yoʻllarini oʻrgatish, fizika
ma’ruzalarida oʻquv jarayonini ilmiy-ijodiy tashkil etish hamda talabalarning amaliy mashgʻulotlarni
mustaqil bajarishlari uchun ularda nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish lozim.
Oʻquv kursi davomida fizika fanidan tabiatdagi qonuniyatlar, jarayonlar va hodisalar toʻgʻrisidagi
bilimlar beriladi. Boʻlajak fizik mutaxassisning chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega
boʻlishi, fizika fanidan yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarni, ta’lim jarayonida yangi pedagogik va
mediatexnologiyalardan samarali foydalanish malakasini qanchalik shakllanganligiga bogʻliq.
Asosiy qism. Oliy ta’limda fizika fanini oʻqitish sifatini yaxshilash va takomillashtirish
muammosining dolzarbligi, zamonaviy mediatexnologiyalarni fizika ta’lim jarayoniga joriy etishning
yetarlicha ilmiy asoslanmaganligi va uslubiyotda tadqiq qilinmaganligi, fizika fanidan ma’ruzalarni olib
borishda foydalaniladigan ta’limning elektron resurslarini yaratish va undan foydalanish metodikasini ishlab
chiqish zarurati, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan uslubiy qoʻllanma va
tavsiyanomalarning mavjud emasligi mazkur mavzuni tanlash uchun asos boʻldi.
Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, u oʻqitish maqsadlariga xizmat
qiluvchi qonuniyatlar va tamoyillar, ta’lim mazmuni, metod va vositalar, shakl va usullar, talaba va
oʻqituvchining birgalikda qiladigan mehnati asosiy shartlarining majmuasidir. Oʻquv jarayoni - insoniyat
tajribalarini oʻzlashtirish, bilimlarni egallash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, uquv va ijodkorlik
https://buxdu.uz
|
| |