• 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet265/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    1-jadval.
    Jami 
    oʻquvchilar soni 
    1-savol 
    2-savol 
    3-savol 
    4-savol 
    5-savol 
    60 













    37 
    22 

    48 
    11 

    38 
    20 

    38 
    22 
    53 

    Foida (%) 
    62 
    36 

    80 
    18 

    63 
    33 

    63 
    37 
    88 
    12 
     
    6-savol 
    7-savol 
    8-savol 
    9-savol 
    10-savol 














    49 


    51 


    48 


    50 


    36 
    24 
    82 

    10 
    84 
    12 

    80 

    12 
    83 
    10 

    60 
    40 
    Tahlillardan koʻrinadiki, oʻquvchilarning 62% akademik litseyda fizika fani boʻyicha oʻquv 
    adabiyotlar yetarli darajada ta’minlangan degan boʻlsa, ularning 36% darsliklar yetarli emasligini 
    bildirishgan (1-savol). Oʻquvchilarning 80% fizika fani boʻyicha oʻquv adabiyotlari yaxshi va tushunarli 
    tilda yozilganligini koʻrsatgan boʻlsa, 18% oʻquvchilar oʻquv adabiyotlarining sifati talabga javob 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    191 
    bermasligini (2-savol), 33% oʻquvchi agar tanlash imkoni boʻlsa, masofaviy ta’limni tanlashini (3-savol), 
    37% akademik litseyda fizika fani boʻyicha tajribalar oʻtkazish imkoniyatlari yetarli darajada emasligini (4-
    savol) koʻrsatishgan. 
    Oʻquvchilarning oʻqituvchilar tomonidan darslarni oʻtishiga munosabatiga toʻxtaladigan boʻlsak, 
    ularning 88% oʻqituvchilari fizika fanidan mavzuni aniq va tushunarli bayon etishini (5-savol), 82% 
    oʻqituvchilari ularga nisbatan talabchan ekanligini (6-savol); 84% oʻqituvchilari oʻzining xizmat vazifasiga 
    ijodiy yondashishini (7-savol), 80% oʻqituvchilari oʻz bilimini adolatli baholashlarini koʻrsatib oʻtishgan (8-
    savol). Oʻquvchilarning 83% akademik litseyda ta’lim jarayoni yaxshi (samarali) tashkil qilingan deb 
    hisoblasa, 10% ta’lim jarayoni yomon (samarasiz) tashkil etilganligini bildirgan (9-savol), 60% oʻquvchi 
    fizika faniga ajratilgan oʻquv soatlari yaxshi bilim olish uchun yetarli ekanligini, 40% oʻquvchi oʻquv 
    soatlari yaxshi bilim olish uchun yetarli emasligini koʻrsatishgan (10-savol). 
    Ta’kidlash lozimki, ba’zi oʻquvchilar oʻqituvchilari fizika fanidan mavzuni aniq va tushunarli bayon 
    etishi, dars mobaynida oʻquvchilarga nisbatan talabchan ekanligini hamda oʻzlarining xizmat vazifasiga 
    ijodiy yondashishi qatorida oʻquvchilarning bilimini adolatsiz baholashlarini koʻrsatgan. Bu esa oʻquvchilar 
    savolnomaga real yondashmaganliklari va e’tiborsiz belgilaganliklaridan dalolat beradi. 
    Oʻquvchilar savolnoma davomida zamonaviy oʻquv-adabiyotlarini yaratish, laboratoriya 
    mashgʻulotlar va amaliy dars soatlarini oshirish, fizika fanini boshlangʻich sinflardan boshlash, oʻqituvchi 
    nazariy bilimlar bilan bir vaqtda amaliy bilimlar ham berib borishlarini yoʻlga qoʻyish, darslarning oʻzaro 
    bogʻliqligini oshirish maqsadida matamatika va ingliz tili fanlaridan dars soatlarini oshirish, bepul 
    qoʻshimcha darslar tashkil qilish, oʻquvchilarning bilimini e’tiborga olgan holda guruhlarga ajratib dars 
    oʻtish, toʻgaraklar va olimpiadalarni koʻproq oʻtkazish, maktablarni laboratoriya jihozlari bilan talab darajada 
    ta’minlash boʻyicha takliflar berishdi. Shuningdek, fizika fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
    qoʻllagan holda oʻtilishi dars samaradorligini oshirish uchun xizmat qilishini ta’kidlashdi. 
    Xulosa. Litseylarda fizika fanini oʻqitish masalasida jiddiy kamchilik va muammolar mavjud
    jumladan malakali oʻqituvchilarning yetishmasligi, fizika fani boʻyicha oʻquv reja va darsliklarning talabga 
    javob bermasligi, qoʻllaniladigan metod va usullarning samarasizligi, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltiruvchi va 
    bilim olishlariga qiziqishlarini oshiruvchi pedogogik texnologiyalarning amaliyotga kiritilmaganligi va h.k. 
    Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar ta’lim sifati hamda 
    oʻqitishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlarini oshirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, uzluksiz ta’lim 
    tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xorijiy tajribalardan keng foydalangan holda fizika fani oʻquv 
    dasturlari, oʻquv-uslubiy adabiyotlari mazmunini yangilash, oʻquv jarayoniga innovatsion ta’lim 
    texnologiyalarini keng joriy qilinishini ham qamrab olganligi bilan e’tiborlidir. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish