2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
189
Fizika fanini umumta’lim maktablari va akademik litseylarda oʻqitish - nazariy bilimlarni ma’ruza
orqali yetkazish, fizik hodisalarni laboratoriya sharoitida tajribada koʻrsatish, fizikaviy masala va misollarni
yechish, oʻquv-ilmiy seminarlar, ilmiy-ijodiy toʻgaraklar tashkil etish kabi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga
oladiki, bu jarayonlarni mukammal bilish oʻqituvchidan yuksak intellekt va ijodkorlikni, fidoyilikni, ta’bir
joiz boʻlsa, aytish mumkinki, qahramonlikni talab etadi. Umuman olganda, ta’lim sifatini ta’minlovchi bu
tarkibiy qismlarni bir kishi shaxsida mukammal oʻzlashtirilish oʻta murakkab masala [5].
Ammo shuni
e’tiborga olish kerakki, agar ta’lim sohasi pedagoglari oʻzlarining kasbiy bilim va amaliy malakalarini
muntazam oshirib bormasa, jamiyat oldidagi burchini teran anglamasa har qanday islohotlar samara
bermaydi. Oʻtgan yillar tahlili shuni koʻrsatadiki, koʻpchilik oliy ta’lim, akademik litsey va umumta’lim
muassasalarida fizika kursi asosan nazariy bilimlar bilan cheklanib, laboratoriya ishlarini bajarish, fan
toʻgaraklarida konstruktorlik ishlari mutloq e’tibordan chetda qolib ketgan. Akademik litsey va umumta’lim
maktablarida fidoyi oʻqituvchilar soni borgan sari kamayib, aksariyat yosh oʻqituvchilar
repetitorlik qilish,
shuningdek, DTM blyutenlarida chop etilgan masala va mashqlarni, fizikaviy qonunlarni yodlatish bilan
band boʻlib qolishdi. Natijada bizdagi oʻquvchi va talabalar xalqaro olimpiada va tanlovlarda deyarli yuqori
natijalarga erishmayapti. Vaholanki, oʻzbek fizik olimlari, akademiklar B.Yoʻldoshev, T.Moʻminov,
T.Usmanov, S.Baxramov, M.Baxadirxanov, K.Muqimov, N.Toʻrayev, M.Musaxonov, professorlar
L.Sabirov, N.Nizamov, O.Quvondiqov, U.Salixbayev, U.Valiyev, Sh.Otajonov, Z.Azamatov, D.Joʻrayev,
S.Qahhorov va koʻplab olimlarimizni dunyo ilmiy jamoatchiligi yuksak e’tirof etib kelmoqda.
Taniqli mutafakkir, olim Frensis Fukuyama oʻrinli ta’kidlaganidek, sovet ta’lim tizimi garchi muayyan
sohada eng kuchli bilimlarni bergan boʻlsada, u formulaga, yodlashga va shunga oʻxshash qat’iy prinsiplarga
asoslanib qolgan edi. Sovet ta’limidagi asosiy muammo tanqidiy va mustaqil fikrlash, gʻoyalarga
oʻrgatmagani boʻlgan. Gʻarbiy Yevropa taraqqiyotida aynan fikrlarni shubhaga olish, erkin fikrlashning oʻrni
nihoyatda katta boʻlgan [6].
Afsusuki, bugungi kunda mamlakatimizdagi ta’lim inqirozi, xususan, fizika ta’limi
va fanidagi
muammolar bugun yoki kecha boshlangani yoʻq. Sobiq Ittifoqning “Педагогика”, “Физика в школе”nomli
ilmiy-uslubiy jurnalining 1989-yil, 6-sonidagi “Воспитивает личность творческую и духовно богатую
(Ijodiy va ruhan boy shaxsni tarbiyalash)” nomli tahririyat maqolasida SSSR umumta’lim maktablarida
ta’lim inqirozining oldini olish uchun keskin islohotlar oʻtkazish lozimligi bejiz oʻrtaga tashlanmagan.
Ushbu maqolada sotsiologik tadqiqotlar natijasiga koʻra oʻqituvchilarning 73 foizi ta’limda inqiroz
yuz berganini va bu holatdan chiqish maqsadida ta’lim sohasida tub islohotlar oʻtkazish lozimligi xulosa
qilingan. Albatta, ushbu soʻrovnomada qatnashgan barcha shaxslar (pedagoglar, ota-onalar, oʻquvchilar)ning
qariyb uchdan bir qismi (33 foizi) aksariyat hollarda ta’lim inqirozining asosiy sabablari qatorida
oʻqituvchilar oʻzlarining faoliyatlariga loqaydligi (beparvoligi) koʻrsatilgan [7]. Oʻzbekiston maktablarida
ham xuddi shunday munosabat shakllandi va bu jarayon 2016-yilgacha davom etdi desak xato qilmaymiz.
Natijada oʻquvchilarda bilimga boʻlgan intilish keskin susaydi, kasb tanlashda
esa yagona davlat siyosati
yaratilmadi.
Mamlakatimiz umumta’lim maktablari va akademik litseylarda oʻquvchilarni fizik bilimlarni
egallashlarida moslashuvchanlik, moyillik, erkin fikrlash, yangi gʻoyalarni muhokamaga chiqarish kabi
xususiyatlar shakllantirilmadi. Oʻqituvchi ta’lim jarayonida ham dirijyor, ham arxitektor,
ham bilimlarni
beruvchi va yaratuvchi shaxs - generator hisoblanadi. Yana bir muhim masala - yaxshi fizik mutaxassis
(iqtidorli oʻquvchi-talaba)ni tayyorlashda fizika kursidan tashqari matematika, informatika, astronomiya,
kimyo-biologiya, geografiya, mantiq fanlari ham muhim rol oʻynaydi. Shu sababli vaqti-vaqti bilan ushbu
fan oʻqituvchilari har bir iqtidorli oʻquvchining bilimi, ijodiy yutuqlari, kuchli
va kuchsiz tomonlarini
muhokama etishlari va oʻqitish jarayonida bu holatlarni inobatga olishlari lozim boʻladi.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyoti, ayniqsa, sanoatining taraqqiyot darajasi yuqori malakali
muhandis-texnik mutaxasssislar soni va kompetentlik darajasiga bevosita bogʻliq. Bu soha
mutaxassislarining mehnat samaradorligi va mahsulot sifati toʻgʻridan-toʻgʻri fizik bilimlar darajasi va
zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish malakasi bilan belgilanadi. Ammo, bugungi kunda shu sohalar
boʻyicha oliy ta’lim muassasa(OTM)larni bitirgan yoshlarning kasbiy bilim, malaka va amaliy koʻnikmalari
talab darajasida emasligi tufayli mahalliy va xorijiy intellektual mulk bozorida Oʻzbekistonda ishlab
chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariga, shuningdek, tayyorlanayotgan kadrlarimizga talab yoʻq. Bu salbiy
holatni keltirib chiqaruvchi omillarni faqat OTMlardan izlash toʻgʻri emas, uning tub ildizlari maktab,
hattoki maktabgacha ta’limga borib taqaladi [5].
Umumta’lim maktablari va akademik litsey, oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini oʻqitishda sifat va
samaradorlikka erishish, va, binobarin, raqobatbardosh zamonaviy pedagog kadrlar va muhandis-texniklar
tayyorlashda koʻplab muammolar yigʻilib qoldiki, ularni yechmasdan turib koʻzlangan maqsadlarga erishib
boʻlmaydi. Jumladan, zamonaviy
talablarga javob beradigan, xorijiy tajribalar asosida, fizika fani boʻyicha
https://buxdu.uz