|
FIZIKA FANINI OʻQITISHDAGI MUAMMOLAR XUSUSIDA Pdf ko'rish
|
bet | 262/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1FIZIKA FANINI OʻQITISHDAGI MUAMMOLAR XUSUSIDA
Mazkur maqola akademik litseylarda fizika fanini oʻqitishning bugungi holati hamda oʻqitishni
takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻquvchilardan olingan soʻrovnomalar tahliliga bagʻishlangan.
Ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar ochib berilgan.
Kalit soʻzlar: fizika, fan, ta’lim, bilim, oʻqitish, nazariy, amaliy, laboratoriya, malaka, sifat, darslik,
tadqiqot.
Данная статья посвящена о современном состояние преподавания физики и вопросам
совершенствования преподавания на основе анализу анкет проводимых среды учащийся
академических лицеях. Раcкриты отрицатульно влияющих факторов на качества образования.
Ключевые слова: физика, наука, образование, знания, обучение, теоретический, практический,
лабораторный, квалификация, качество, учебник, исследование.
This article is devoted to the analysis of questionnaires received from students on the current state of
teaching physics in academic lyceums, as well as issues of improving teaching. Factors that negatively affect
the quality of education have been explained.
Key words: physics, science, education, knowledge, teaching, theoretical, practical, laboratory,
qualification, quality, textbook, research.
Kirish. Fizika fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchi (talaba)lar fizikaviy jarayon va qonuniyatlarni
toʻlaqonli tushunishi va bu qonuniyatlarni hayotga tatbiq etish uchun nazariy bilimlarni amaliyot (masalalar
yechish, laboratoriya ishlarini bajarish, muhandislik-texnik modellar yaratish) bilan uygʻunligini
ta’minlashni taqozo etadi. Bu esa har bir fizik pedagogdan oʻquvchilarning bilim olish imkoniyatlari
darajasini, qiziqishini va kelgusida qaysi kasbga moyilligini bilishni talab qiladi. Xususan, pedagoglar
oʻquvchilarga faqatgina nazariy bilimlar berish bilan cheklanibgina qolmasdan, ularni mantiqiy fikrlashga
oʻrgatishlari, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishlari, bir soʻz bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashlari
kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisda”gi Qarori [1] ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan
professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlar uchun quvonchli yangilik boʻldi. Ushbu qarorda “fizika fani boʻyicha
ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim
muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa oʻquv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy
tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab
chiqarish sohalari oʻrtasida oʻzaro yaqin muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish” masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning 29-dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli
barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan
ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani
tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi” [2].
Shuningdek, umumta’lim maktablarida darslik va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda
chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish tizimi mavjud emas. Maktab darsliklarini yaratish
va chop etishni tartibga solish masalasi ham dolzarb boʻlib qolmoqda” [3].
|
| |