“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
194 
Shishaning ikkinchi tomonidan chiqqan lazer nurini kuzatish uchun ekran oʻrnatiladi. Nurtolani yarim 
doira qilib lazer nurini yoʻnaltirsak, u aylana boʻylab harakatlanib ekranga tushadi. Bu tajribada shuni aytish 
mumkinki, ma’lum chegaraviy burchakda lazer nuri nurtolada toʻla ichki qaytib ekranga tushadi [1, 163-
164]. Agar uni yoʻliga 4-rasmda koʻrsatilganidek, A harfini joylashtirsak, nurni chiqishida axborotni (A) 
uzatganini koʻramiz. 
4-rasm 
Axborot - yorugʻlik nuri koʻrinishida optik tola boʻylab yoki ochiq fazo-atmosferada uzatiladigan 
aloqa turidir. Axborot tola orqali uzatilsa, tolali nur tola, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq nur tola deyiladi 
[2, 148-155]. 
Optik aloqaning asosiy yoʻnalishi tolali optik aloqa hisoblanadi. Chunki, hozirgi kunda yuqori 
darajadagi uzatish tamoyillariga ega boʻlgan nur oʻtkazuvchi tolalar ishlab chiqilgan. Ammo, axborotlarni 
ochiq fazoda, atmosferada uzatishga asoslangan ochiq optik aloqa ham, radioaloqa uchun ajratilgan 
chastotalarni toʻldiruvchi vosita sifatida namoyon etadi (5-rasm.). 
5-rasm. Optik nur tolali kabel. 
Tolali optik aloqa tarmogʻi - bu tugunlar orasidagi nur tola liniyalari orqali bogʻlangan aloqa 
tarmogʻidir. 
Axborotni tola optik aloqa liniyalari orqali uzatish mis kabellar va boshqa uzatish muhitlariga 
qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu afzalliklari tufayli tola optik aloqadan nafaqat telefon aloqasini 
tashkil etishda, balki televideniyeda, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash texnikasida, transport 
vositalarida va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. 
Tola optik aloqada uzatish kanali sifatida qoʻllaniladigan optik tolalarning qanday afzalliklarga ega? 
degan muammoli savol ma’ruza jarayonida talabalar bilan hamkorlikda oʻz yechimiga keladi [3, 65-68]. 
Ya’ni, nur tolaning afzalliklari: nur tola elektr ta’sirlaridan himoyalangan; tashqariga umuman nurlanish 
chiqarmaydi; nur tola tizmida ma’lumot uzatish tezligi 1-10 Gbit/s gacha; ma’lumotni juda uzoq masofalarga 
uzatish imkonini beradi; fizik va kimyoviy parametrlari oʻzgarganda yongʻin va portlash havfidan holi; 
kichik massa va ixcham koʻrinishga ega [4, 180-185]. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish