|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 269/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
193
qobiliyatlarini rivojlantirish kabi koʻp funksiyali va uzoq davom etadigan tizimdir. Har qanday tizim esa
koʻp komponentli boʻladi. Shuning uchun ham oʻquv jarayonini takomillashtirish koʻp qirrali va mas’uliyatli
ishdir.
Eng avvalo, tizim tarkibiga kiruvchi komponentlardagi oʻzgarishlar, soʻngra esa bu komponentlar
orasidagi oʻzaro ta’sir (munosabatlar) evaziga uning sifat dinamikasiga erishish mumkin. Didaktika
ta’limning mazmuni va metodlarini belgilab beradi, ularni asoslaydi, jamiyat taraqqiyotiga monand tarzda
oʻzgarib borayotgan ta’limiy ehtiyojlar asosida takomillashtiradi hamda amalga oshirish yoʻllarini koʻrsatadi.
Barcha vositalar singari kompyuter ham tizimda mavjud metodik muammolarni hal qila olmaydi. Shuning
uchun ham oʻqitishning zamonaviy didaktik ta’minot tizimida ta’lim sohalariga oid yaratilgan elektron
qoʻllanmalar, mediatexnologiyalar didaktik ta’minotning muhim komponenti sifatida qaraladi. Bu omil
ayniqsa, fizika fani mazmunini va uni oʻqitishni mediatexnologiyalar asosida takomillashtirish muhim
ahamiyatga ega. Quyida optika misolida namoyish tajribalarini koʻrib chiqamiz.
Namoyish tajriba. Yorugʻlikning suv oqimida toʻla ichki qaytishini namoyish qilish
Maqsad: yorugʻlikning ikki muhit chegarasida toʻla ichki qaytish qonunini namoyish qilish.
Kerakli jihozlar: Lazer – LG- 75, suvli idish, shtativ.
Tajribani bajarish tartibi: rasmda koʻrsatilganidek qurilma yigʻiladi (1-rasm).
Bunda idish lazer nuri yoʻliga shunday joylashtiriladiki, unda nur shisha idishdagi joʻmrakdan
chiqib, ekranga tushadi. Idishning joʻmragini berkitib, rasmda koʻrsatilganidek uni suv bilan
toʻlgʻizamiz. Agar joʻmrakni ochib yuborsak, lazer nuri suv oqimi boʻylab pastga qoʻyilgan idishga
tusha boshlaydi. Suv oqimi lazer nuri qizil boʻlgani uchun oqim yoʻnalishi qip-qizil boʻlib idishga tusha
boshlaydi. Idish davriy ravishda suv bilan toʻldirib turilsa, bu holatni ma’lum muddatgacha kuzatish
mumkin. Bu tajriba oʻzining koʻrgazmaliligi va jozibaliligi bilan talaba - oʻquvchilarni hayratlantiradi
[1, 161-162]. Shuningdek, bu hodisaga rangli favvoralarni misol qilish mumkin.
1-rasm. Namoyish tajriba. Shisha sterjenda yorugʻlikning toʻla ichki qaytish qonunini namoyish
qilish.
Maqsad: yorugʻlikning ikki muhit chegarasida toʻla ichki qaytish qonunini namoyish qilish.
Kerakli jihozlar: lazer, nur tola, ekran.
Tajribani bajarish tartibi: lazer nuri 2- rasmda koʻrsatilganidek nur tolaga yoʻnaltiriladi.
2-rasm
Bunda lazer nurini nur tola boʻylab murakkab harakatini kuzatishimiz mumkin (3-rasm).
3-rasm
https://buxdu.uz
|
| |