|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 260/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
186
1-rasm. iSpring Suite dasturi orqali yaratilgan elektron nazorat testi.
Shu bilan bir qatorda, iSpring Visuals orqali 3D kitoblar, glossariylar yaratish imkoniyati ham mavjud
(2-rasm).
2-rasm. iSpring Visuals orqali yaratilgan 3D kitob.
iSpring dasturi orqali yaratilgan kurslarni LMSlar bilan integratsiyalash imkoniyati mavjud.
LMS (Learning menegment system) – bu yelektron ta’lim platformasi hisoblanadi [9].
Learning - oʻrganish - oʻqitish. LMS yordamida elektron kurslar va oʻquv materiallarining yagona
ma’lumotlar bazasini yaratish mumkin. Bunday ma’lumotlar bazasi mavzu boʻyicha haqiqiy bilim omboridir.
Management - menejment - boshqaruv. LMS kurslarini boshqarish yoki talabalar bilimini nazorat
qilish va boshqarish mumkin.
Fayl almashishdan farqli oʻlaroq, LMS - bu faqat fayllar yigʻindisi emas, balki jarayonni bosharadigan
yaxshi tashkil etilgan tizim.
System - tizim - bu elektron tizim. LMS barcha zerikarli va monoton ishlarni avtomatlashtiradi:
testlarni tekshirish, statistikani yigʻish va hisobotlarni tayyorlash. LMS shaxsiy onlayn universitetga
oʻxshaydi. Tizim yelektron kurslarni yaratish va saqlashga yordam beradi, talabalar ishtirokini ta’minlaydi
va natijalarni baholashga yordam beradi.
Yuqoridagi tahlillarni inobatga olgan holda muqobil energiyaga oid ta’lim jarayonida elektron
adabiyotlar va multimediali dasturiy vositalari, ya’ni elektron darsliklar, elektron masalalar toʻplami,
elektron oʻquv-uslubiy majmualar, virtual laboratoriya stendlari, 3D animatsiyalar, elektron oʻquv
trenajorlari va bilimlarni nazorat qilishning kompyuterli tizimlaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning
motivatsiyasi hamda ta’lim sifati samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa. Axborot kommunikatsion va innovatsion texnologiyalar ta’lim mazmunini boyitadi hamda
oʻqitish shakli, usul va vositalarini yangilash vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarning kirib
kelishi kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, axborot kommunikatsion
texnologiyalari yordamida ta’lim jarayonida elektron adabiyotlar va multimediali dasturiy vositalardan
foydalanish imkoniyatlari, talabalarning motivatsiyasini oshirishda, fanga oid kompetensiyalarini
shakllantirishda hamda baholashda eng sodda va sifatli usul hisoblanadi.
Adabiyotlar
1. А.R.Zhuraev, Using Electronic Teaching Materials for Training Future Teachers. “Eastern
European Scientific Journal”. Journal ausbage 1 – 2019. Germany. –P 432-435.
https://buxdu.uz
|
| |