• Asosiy qism.
  • “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet257/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

     
    Kirish. 
    Respublikamiz 
    ta’lim 
    tizimiga 
    axborot-kommunikatsiya 
    hamda 
    innovatsion 
    texnologiyalarning jadal sur’atlarda tatbiq etilishi, bu borada bir qator qarorlarning qabul qilinishi, ta’lim 
    muassasalarini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy 
    vositalarni keng tatbiq qilish, ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda 
    oʻqitish samaradorligini oshirishda, an’anaviy bosma darsliklar bilan bir qatorda, zamonaviy yangi avlod 
    elektron oʻquv adabiyotlari: multimediali (koʻp axborotli) elektron darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ma’ruzalar 
    matnlari, elektron dasturlar, dayjest, ma’lumotlar banki va boshqalar alohida oʻrin egallaydi.
    Asosiy qism. Elektron oʻquv adabiyotlar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki 
    bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qoʻshimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga moʻljallangan 
    boʻlib, koʻproq chuqurlashtirib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va 
    texnologiyalar rivojlangan sari mazmuni tez oʻzgaruvchan, chuqurlashtirilib oʻqitiladigan, umumkasbiy, 
    ixtisoslik va maxsus fanlar boʻyicha kam adadli elektron oʻquv adabiyotlari tayyorlashga boʻlgan ehtiyoj 
    ortib bormoqda [6]. 
    Elektron darslikni yaratish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
    - elektron darslikni ishlab chiqishning maqsad va vazifalarini aniqlash; 
    - elektron darslikning tuzilmasini ishlab chiqish; 
    - darslikning boʻlimlar va mavzular boʻyicha mazmunini ishlab chiqish;
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    184 
    - elektron darslikning alohida tuzilmalari sahnalarini tayyorlash;
    - dasturlashtirish;
    - sinovdan oʻtkazish;
    - elektron darslik mazmunini sinov natijalari boʻyicha muharrirlash;
    - foydalanuvchi uchun uslubiy qoʻllanma tayyorlash [7].
    Istalgan darslikda (elektron va bosma) ikkita asosiy qism ajratiladi:
    - mazmunli; 
    - jarayonli.
    Elektron darslikda ularga yana ikkita qism qoʻshiladi:
    - boshqaruv; 
    - tashxis. 
    Darslikning mazmunli qismi quyidagi komponentlarni oʻz ichiga oladi: bilim berish, namoyish qilish, 
    jarayonli qism. Jarayonli qism quyidagi komponentlarni oʻz ichiga oladi: modellashtiradigan, nazorat 
    qiladigan, mustahkamlaydigan. Bilim berish komponenti ta’lim oluvchiga bilimlarni uzatishga yoʻnaltirilgan 
    boʻlib, unga matnli axborot kiradi. Namoyishli komponent-mazmunni qoʻllab quvvatlaydi va ochib beradi; 
    modellashtiruvchi komponent-bilimlarni amaliy topshiriqlarni yechishga qoʻllash, oʻrganiladigan 
    jarayonlarni modellashtirish imkonini beradi. Mustahkamlovchi-nazorat komponenti talabalar tomonidan 
    oʻrganiladigan materialni oʻzlashtirish darajasini aniqlaydi. Boshqaruvchi qism elektron darslik qismlari va 
    komponentlari orasidagi oʻzaro aloqani ta’minlashga qobiliyatli boʻlgan dasturli qatlamni oʻzida tasvirlaydi. 
    Tashxisli qism aniq dasturlar bilan ishlash haqidagi statistik axborotlarni saqlaydi.
    Elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi kerak:
    - oʻquv mashgʻulotlari ta’limning yuqori sifat darajasida oʻtishini ta’minlashi;
    - mustaqil ta’lim olish va oʻz-oʻzini mustaqil nazorat qilish imkonini yuzaga keltirishi;
    - ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarni bir-biriga yaqinlashtirishi;
    - informatsion-ta’lim resurslarini rivojlantirishning garmonik tavsifiga ega boʻlishi;
    - matnli va boshqa materiallar, navigatsiyalar (gipermatn) va illyustratsiyalar (multimedia vositasi, 
    kartina, rasm, jadval, diagramma va boshqalar)ga ega boʻlishi kerak [7].
    Elektron darslik rasmli matnga yoki ma’lumotnomaga aylanmasligi kerak. Ta’lim jarayoniga 
    kompyuter effektlarini qoʻllagan holda, elektron darslik mavjud tushunchalarni anglab olish va esda 
    qoldirishni imkoni boricha yengillashtirishi kerak.
    Elektron darsliklar toʻrt toifa boʻyicha klassifikatsiyalanadi. Elektron darsliklar toifasi “*” (yulduzcha) 
    bilan belgilanadi. Yulduzchalar soni elektron darslikning murakkabligi va sifati ortishi bilan koʻpayib boradi 
    [7]. 
    Oʻquv materiallari asosan giperizoh va glossariyalar, shuningdek, ikki oʻlchamli grafik diagrammalar, 
    rasmlar, chizmalar hamda 2D va 3D grafiklarning ilovalari oʻquv materialining 25-50% qamrab olgan, 
    koʻpincha verballi matn shaklida ifoda etiladi. Elektron darslik, masofaviy mashgʻulot oʻtkazish imkonini 
    berishi bilan birga, yuqori darajada sifatli boʻlishi, zamonaviy texnologik tarmoqlar talabiga mos boʻlishi 
    kerak [8].
    Elektron darsliklar yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar (Ilovalar):
    Mualliflik vositalari – bu oʻquv kontenti ishlanmalarining vositalari. Ular yordamida ta’limni 
    boshqarish tizimining (LMS) ma’lumotlar bazasiga joylashtiriladigan oʻquv materiallar (elektron oʻquv 
    qoʻllanma, prezentatsiya, simulyator, videotreninglar, testlar) yaratiladi [8].
    Mualliflik vositalarini bir nechta turlarga ajratish mumkin:
    1. Oʻquv kurslarning redaktorlari (tahrirchilar).
    2. Prezentatsiyalarni yaratish uchun vositalar. 
    3. Test, soʻrovnoma va anketalarni yaratish uchun vositalar. 
    4. Monitordagi tasvirlarni qamrab olish uchun vositalar. 
    5. onlayn seminarlarni oʻtkazish uchun vositalar.

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish