|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 264/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
190
darslik va oʻquv qoʻllanmalarining yaratilmaganligi, hozirda amaldagi oʻquv adabiyotlarini esa murakkab
tarzda yozilganligi va mavzularning koʻpligi hamda oʻquv soatlarining kamligi; umumta’lim maktablarida
kasbiy malakasi va pedagogik mahorati yuqori boʻlgan fizika fani oʻqituvchilarining yetishmasligi; fizika
laboratoriyalarining zamonaviy oʻquv asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasining talab darajasida
emasligi; fan olimpiadalarini tashkil etish va oʻtkazishni tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi va h.k. [8].
Muhokamalar va natijalar. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda akademik litseyning aniq va
texnika fanlari yoʻnalishida oʻqiyotgan oʻquvchilarning fizika fanidan yaratilgan darsliklar holati, ularning
sifati, mavzularning uzviyligi va ketma-ketlikda tuzilgani, laboratoriya jihozlarining mavjudligi, shuningdek,
fizika fani oʻqituvchilarining dars oʻtish mahorati va oʻquvchilarga nisbatan munosabati toʻgʻrisidagi fikrini
oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan
S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litsey hamda Guliston davlat universitetlarining akademik
litseylarining tabiiy va texnika fanlari yoʻnalishida oʻqiyotgan oʻquvchilari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi.
Soʻrovnomada jami 60 nafar oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Anketa-soʻrovnomada quyidagi savollar kiritildi (qavs ichida oʻquvchilarning javoblari foizlarda
keltirilgan):
1. Akademik litseyda fizika fani boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi:
a) darsliklar (bosma va elektron shaklda) yetarli (62%); b) darsliklar (bosma va elektron shaklda) yetarli
emas (36%); d) takliflaringiz (2%).
2. Fizika fani boʻyicha oʻquv adabiyotlarining sifati toʻgʻrisida fikringiz: a) darsliklar yaxshi va
tushunarli tilda yozilgan (80%); b) darsliklarning sifati talabga javob bermaydi (18%); d) takliflaringiz (2%).
3. Agar tanlash imkoni boʻlsa, Siz an’anaviy kunduzgi va masofaviy ta’limdan qaysisini tanlagan
boʻlar edingiz: a) an’anaviy ta’limni (63%); b) masofaviy ta’limni (33%); d) har ikkalasini ham (4%).
4. Akademik litseyda fizika fanidan tajribalar oʻtkazish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar: a)
laboratoriyalar yaxshi jihozlangan, tajribalar oʻtkazishga imkoniyatlar yetarli (63%); b) laboratoriyalar
yaxshi jihozlanmagan, tajribalar oʻtkazish imkoniyati yoʻq (37%).
5. Fizika oʻqituvchisi tomonidan oʻquv (mavzu) materialini bayon etilishi: a) oʻqituvchi mavzuni aniq
va tushunarli bayon etadi (88%); b) oʻqituvchi mavzuni aniq va tushunarli bayon etmaydi (12%).
6. Fizika oʻqituvchisining oʻquvchilarga nisbatan munosabati: a) oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan
talabchan (82%); b) oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan talabchan emas (8%); d) oʻqituvchi darsini shunchaki
darsini oʻtadi, xolos (10%).
7. Oʻqituvchining oʻzining xizmat vazifasiga munosabati:
a) oʻqituvchi oʻzining xizmat vazifasiga ijodiy yondashadi (84%); b) oʻqituvchi oʻzining xizmat
vazifasiga loqaydlik bilan qaraydi (12%); d) oʻqituvchi oʻzining fanini yaxshi bilmaydi (4%).
8. Oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarni baholashi: a) oʻqituvchi oʻquvchilar bilimini adolatli baholaydi
(80%); b) oʻqituvchi oʻquvchilar bilimini adolatsiz baholaydi (8%); d) oʻqituvchi oʻquvchilar bilimini
baholashda e’tiborsizlik qiladi (12%).
9. Akademik litseyda ta’lim jarayonining tashkil etilishi:
a) dars jarayoni yaxshi (samarali) tashkil qilingan (83%); b) dars jarayoni yomon (samarasiz) tashkil
qilingan (10%); d) taklifingiz (7%).
10. Fizika faniga ajratilgan soatlar boʻyicha fikringiz:
a) oʻquv soatlari yaxshi bilim olish uchun yetarli (60%); b) oʻquv soatlari yaxshi bilim olish uchun
yetarli emas (40%). Oʻquvchilarning ushbu savollarga javoblari 1-jadvalda keltirilgan.
|
| |