|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
25
energiyalardan foydalanmoqda. Har bir energiya turining oʻziga xos qulay va noqulayliklari, afzallik va
kamchiliklari mavjud. Ulardan koʻmir, neft va tabiiy gazdan foydalanishning ma’lum bir samarali usullari
ishlab chiqilgan, lekin yildan yilga bu tur orqali energiya olish uchun xomashyo zaxiralarining kamayib
borishi bilan uning tan narxi, qiymati ham oshib boradi. Ikkinchidan, ularni toʻxtovsiz yoqishimiz natijasida
ekologiya va atrof muhit muhofazasiga salbiy ta’sir etib, sayyoramizning oʻrtacha harorati oshib borib,
kelgusida salbiy oqibatlarni, ya’ni global iqlim oʻzgarishi kabi muammoning kuchayib ketishiga olib keladi.
Atom energiyasi bitmas-tuganmas manba boʻlsada, uni jilovlash borasidagi ishlar olimlarni tashvishga
solmoqda.
Keyingi yillarda ekologik toza energiya manbalari boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish sohasida mutaxassis olimlarning qiziqishi oshib bormoqda. Adabiyotlar tahliliga asosan, yerga
bir yilda tushadigan quyosh energiyasining miqdori 58x10
16
kvt soatga teng. Agar yerda mavjud
quruqliklarning 10%izidan FIK (foydali ish koeffitsiyenti) 10% boʻlgan quyosh qurilmalaridan foydalanilsa,
bu insoniyatning energiyaga boʻlgan talabidan 25 marta ortiqdir. Quyosh energiyasining miqdori koʻp
tushadigan hududlarda bu energiyadan foydalanishning iqtisodiy samarasi ham yuqori hisoblanadi [1].
Oʻzbekiston quyoshli oʻlkalardan boʻlib, yiliga yerning 1m
2
yuzasiga 1770.000 kkal gacha issiqlik
tushadi. Bundan unumli foydalanilganda esa 300 kg atrofida shartli yoqilgʻini tejash imkoniyatini beradi.
Soha mutaxassislarining ma’lumotlariga qaraganda, Oʻzbekistonda 1 yilda quyosh energiyasi hisobidan 265
mln tonna, gidravlik 2,92 mln tonna, shamol 0,64 mln tonna shartli yoqilgʻi energiyasini texnikaviy
foydalanish imkoniyati bor ekan. Oʻtin, biomassa, oqar suv energiyalarini hisobga olganda imkoniyat
darajasi yana ham oshadi [3].
Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amaliyotda foydalanishning nazariy va amaliy
masalalarini rivojlanishida dunyo va yurtimiz olimlaridan V.P.Veynbert, V.A.Baum, K.G.Trafimov,
S.A.Azimov, G.Y.Umarov, R.A.Zoxidov, T.T.Risqiyev, M.S.Saidov, V.S.Truxov, R.R.Sodiqov,
A.B.Vardiashvili, B.M.Ochilov, Y.Yoqubov, J.A.Abdullayev, T.X.Nosirov, Q.R.Allayev, S.L.Lutpullayev,
SM.Turobjanov, O.Parpiyev, R.A.Sitdiqov, A.M.Mirzaboyev, R.R.Avezov, B.Xayriddinov, Gʻ.Uzoqov va
boshqa qator yirik olimlarimizning xizmatlari beqiyos.
Yerdagi barcha energiyalarning manbai quyosh energiyasi boʻlib, undan sanoatda, qishloq xoʻjaligida,
insoniyatning kundalik turmushida foydalanadigan quyosh qurilmalarini yaratish, uning samaradorligini
oshirishga imkon beradigan nazariy va amaliy masalalar bilan shugʻullanadigan yirik soha - geliotexnikaning
rivojlanishida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlarda mavjud qator ilmiy maktablarni
va u yerda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan mutaxassis olimlarimizning yetishib chiqishida va oʻzbek
energetikasini rivojlantirishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi G.Y.Umarovning
xizmatlari salmoqlidir.
Adabiyotlar tahlili asosida aytish mumkinki, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi
koʻplab qurilmalar yaratilgan va yaratilmoqda. Qurilmalarni amaliyotda sinash natijalari, mamlakat
energetikasi va iqtisodiyotidagi oʻrni haqidagi maʼlumotlar mavjud. Sara ishlarni amaliyotga keng tatbiq
qilish imkoniyatlarini loyihalash, yasash va sinash tartibini yoshlarga oʻrgatish soʻzsiz bu sohada ijodkor
oʻquvchilarni, boʻlajak bunyodkorlarning yetishib chiqishiga zamin hozirlaymiz. Misol sifatida
mashgʻulotlarimiz davomida talabalar bilan tayyorlangan va sinovdan oʻtkazilgan “Koʻp maqsadli yuqori
temperaturali quyosh qurilmasi”ni loyihalash, tayyorlash, sinash natijalarini va amaliy ahamiyatini
keltiraman.
|
| |