“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
30
Umuman, ijtimoiy intellektning yoshga qarab oʻsib borishini kuzatishimiz mumkin. Buning sababi
talabalar aynan oliygohlarda tahsil olayotganliklari bilan belgilanishi mumkin. Chunki talabalar oʻqishning
dastlabki yillaridayoq inson-inson kasb sohasining xususiyatlarini oʻrganib boradilar. Oliy ta’lim standarti
talabadan shuni talab qiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, birinchi bosqichlarning ijtimoiy intellektini
oʻrganish metodikalari boʻyicha koʻrsatkichlarida muloqot
ishtirokchisining hissiyoti, fikri va niyatlarini
tushunish mezoni bilan verbal ekspressiyani tushunishi hamda shaxslararo oʻzaro ta’sirlashuvni tahlil etish
omillari oʻrtasida korrelyatsion munosabat kuzatildi. Soʻngra verbal ekspressiya va shaxslararo oʻzaro
ta’sirlashuvni tashkil etish omillari oʻrtasida ham korrelyatsion munosabat kuzatilishiga guvoh boʻldik. Bu
holat 1-bosqich talabalarida “Men” konsensiyasi va “Men” timsoli yaxshi shakllanganligini koʻrsatadi. Ular
odamlar oʻrtasidagi qiyin holatlarni, vaziyatlarning shakllanishdagi mantiqini tushunadilar, boshqa kishilarni
bu holatga jalb etilsa, bu holatning oʻzgarishi mohiyati nimalardan iborat ekanligini his etadilar. Birinchi
bosqichlar ijtimoiy intellekti rivojlanishida uchraydigan kamchilik ularning
xulq-atvorni tushunish
qobiliyatlarini yaxshi shakllantirmaganliklaridadir. Ikkinchi bosqichlarning ijtimoiy intellekt koʻrsatkichlari
munosabatlari tahlilida muloqot ishtirokchisining
hissiyoti, fikri va niyatlarini tushunish oʻz oʻrnida yaxshi
rivojlanganligi noverbal xulq-atvorni tushunish, verbal ekspressiyalarni tushunishga olib kelgan. Ular
atrofdagilarga nisbatan e’tiborlik bilan qarashga harakat qilar ekanlar. Uchinchi bosqichlarda muloqot
ishtirokchisining hissiyoti, fikri va niyatlari tushunish omili va shaxslararo oʻzaro ta’sirlashuvni tahlil etish
omillari bir-birini taqozo qiladi va korrelyatsion aloqa mavjud. Noverbal va verbal ekspressiyani tushunish
layoqati kuzatiladi. Toʻrtinchi bosqich talabalari esa oʻzlarining yaxshi natijalarini namoyon qilganlar.
Umumiy natijalarda juda koʻp korrelyatsion munosabatlar kuzatilgan. Tadqiqot natijasida talaba kasbiy
shakllanishida intellekt dinamikasining tizimli moduli ishlab chiqildi.
Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkin: yoshlarning
ijtimoiy intellekti
tabiatini tadqiq etish, ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish bugungi kun talabi boʻlib,
barkamol avlod tarbiyasida, uning intellektual salohiyatini oshirishda va kasbiy shakllanishida ijtimoiy
intellektni aniqlash usullarini chuqur oʻrganish va dinamikasining xususiyatlarini tahlil etish muhimdir;
yoshlarning
shaxslararo
munosabatlarida
intellektual
qobiliyatlari
birligida
ijtimoiy
muhitni,
suhbatdoshlarning xatti-harakatlari,
shaxsiy fazilatlarini, kechinmalarini baholash imkoniyatlari qonuniyat
jixatidan mustahkam bogʻliqdir; muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikr va niyatlarini tushunish qobiliyatiga
egalik ijtimoiy intellektning oʻsishiga ham, murakkab mantiqiy munosabatlarni tushunishga ham ijobiy ta’sir
koʻrsatib, tushunchalarning muhim va nomuhim jihatlarini farqlay olishni axborotlarni koʻrish orqali qayta
ishlash imkoniyatlarining oʻsishiga olib kelib, yoshlarning kasbiy va shaxsiy kamolotida oʻz-oʻzini namoyon
etishida koʻrinadi.