2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Muhokamalar va natijalar. 2019-yildan boshlab hozirga qadar BuxMTI “Energetika” fakulteti 
qoshida “Ustoz-shogird” ijodiy uyushmasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Professor-oʻqituvchilar va talabalar 
ishtirokida oyida ikki marta ilmiy seminar oʻtkazilib, ustoz-shogird hamkorligida bajarilgan ijodiy “kichik” 
ilmiy ishlar tinglanib, sara ishlarni ta’lim tizimlarida oʻrganish hamda respublika miqyosida oʻtkaziladigan 
ilmiy-amaliy va texnikaviy anjumanlarda, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishi natijasida tayyorlangan 
maqolalarini matbuot sahifalarida chop ettirishga tavsiyalar berib borilmoqda. 
“Ustoz-shogird” ijodiy uyushmasining ilmiy faoliyatini yoritib borish uchun “Energetika” devoriy 
gazetasi tashkil qilindi. Gazeta har oyda ikki marta tayyorlanib, yangiliklar haqida ma’lumotlarni aks ettirib 
boriladi. Mazkur devoriy gazeta olti rukndan tashkil topgan boʻlib,bular: “Ilm-ma’rifat chiroqlari”, “Yoshlar 
ijodidan”, “Ixtirolar olamida”, “Fan va hayot”, “Biz bilamiz! Siz bilasizmi?” va “Xabarlar” ruknlaridan 
tashkil topgan. Har bir ruknda “Ustoz-shogird” sifatida tayyorlangan ijodiy ishlar, jumladan, qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan sanoatda, xalq xoʻjaligida, kichik tadbirkorlikda va yakka xoʻjaliklarda 
foydalanish imkoniyatlari va tadqiqot natijalari yoritib boriladi. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi olib borilayotgan tadqiqotlar va 
amaliy ishlanmalarning natijalari, shuningdek, mamlakatimiz va dunyoning bir qator mamlakatlarida ishlab 
turgan minglab qurilmalar asosida aytish mumkinki, bu soha istiqbolli boʻlib, ularni oʻrganish asosida 
yanada unumliroq ishlaydigan qurilmalarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni maktablardagi 5-9-sinflarda oʻtiladigan 
“Texnologiya va dizayn” hamda oliygohning kasb ta’limi yoʻnalishida oʻtiladigan “Texnologik ta’lim 
praktikumi” mashgʻulotlarida konstruksion materiallardan ayrim qurilmalarni yasash va undan foydalanishni 
oʻrganish jarayonida, fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlarida, “Barkamol avlod” markazlarida sinfdan 
tashqari oʻquvchilar texnik ijodkorligini tashkil qilishda, texnikumlarda, oliygohlarning bakalavr va 
magistratura bosqichining ayrim yoʻnalishlari, jumladan, fizika, energetika, kasb ta’limi, agronomiya, 
agromuhandislik kabi yoʻnalishlarda tanlangan yoki mutaxassislik fani sifatida oʻqitishni tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir. Ta’lim tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy va 
amaliy masalalarini samarali oʻrganish va bu sohani jahon standartlari talablari darajasida rivojlantirish 
uchun Oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda soha mutaxassislari hamkorligida 
ilgʻor tajribalarga tayanib, boshlangʻich ta’limdan to oliy ta’limning keyingi bosqichigacha bosqichma-
bosqich belgilangan vazifalarni aniq maqsad asosida oʻrganish borasida tavsiyalar, shu asosda oʻquv 
rejalarida ma’lum bir qoʻshimchalar kiritishga erishish kerak.
Xulosa. Oʻzbekistonning tabiiy iqlim imkoniyati, ya’ni yilning toʻrt faslida ham quyoshi porlab turgan 
yurt ekanligi, bu sohadagi yirik olimlar ilmiy izlanishlari asosida toʻplangan qimmatli va boy tajribalar, turli 
nashrlarda chop etilgan mavjud ilmiy ommabop maqolalar asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanishning nazariy va amaliy masalalarini oʻrganish uchun qoʻllanma va darsliklar yaratish 
imkoniyatini beradi. Natijada bu sohani yosh avlodga samarali oʻqitib, ijobiy natijalarga erishishimiz 
mumkin. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish