“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
32 
talabalarning oʻquv-biluv faoliyatini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy boʻgʻini hisoblangan 
muammoli ta’lim texnologiyasini amaliyotda kengroq qoʻllashimiz maqsadga muvofiq. 
Muammo - (grekcha πρόβλημα. soʻz boʻlib, keng ma’noda oʻrganish, hal qilishni talab qiladigan 
murakkab nazariy yoki amaliy savoldir;) fanda - har qanday hodisa, obyekt, jarayonlarni tushuntirishda 
qarama-qarshi pozitsiyalar koʻrinishida ishlaydigan va uni ham yechish uchun yetarli nazariyani talab 
qiladigan qarama-qarshi vaziyat. Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda talabalar oldiga yechish 
uchun muammoni qoʻyish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashgʻulot davomida uning 
yechimini topish. Muammo pedagog tomonidan yoki talabalar tomonidan qoʻyilishi mumkin. 
Muammoli ta’lim texnologiyalarining asosiy vazifasi – talabalar oʻquv-biluv faoliyati tizimini va aqliy 
faoliyat usullarini samarali oʻzlashtirishlariga yordam berish, ulardan olgan bilimlarni kasbiy faoliyatlarida 
paydo boʻladigan yangi vaziyatlarda ijodiy qoʻllay olish, oʻquv muammolarini yechish koʻnikmalarini hosil 
qilish, mustaqil bilim orttirish qobiliyatlarini singdirishdan iborat. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi 
– insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash
tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim talabalarning oʻquv-
biluv faoliyatini rivojlantirishda, ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. 
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894-yilda Chikagoda tashkil 
etgan tajriba maktabida qoʻllagan. XX asrning 60-yillarida bu yoʻnalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-
yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli ta’limning asosiy goʻyasi bilimlarni talabalarga 
tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar boʻyicha oʻquv tadqiqotlarini 
bajarish asosida oʻzlashtirilishini ta’minlashdan iborat [3]. 
J.Dyui muammoli ta’lim asosi sifatida quyidagi yoʻnalishlarni belgilagan: 
- ijtimoiy; 
- konstruktiv; 
- badiiy ifodaviy; 
- ilmiy tadqiqot. 
Muammoli ta’limning bir necha turlari mavjud. Masalan, M.N.Skatkin oʻz ishlarida muammoli 
ta’limning quyidagi turlari borligiga urgʻu beradi [4]: 
1. Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma’ruza). 
2. Muammoli topshiriqlarni bayon qilish (muammoli amaliy mashgʻulot). 
3. Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba). 
T.V.Kudryavsev muammoli oʻqitish mohiyatini quyidagicha koʻradi: muammoli oʻqitish oʻquvchilar 
oldida muammoli vaziyatlarni yaratishda, oʻquvchilarning mustaqilligida va oʻqituvchining umumiy 
rahbarligi ostida, talabalarning oʻquvchi bilan birgalikda faoliyati borishida bu vaziyatlarni anglash, qabul 
qilish va hal qilishda xulosalanadi. Biroq bunday aniqlash muammoli oʻqitishni tushunishning butun hajmini 
aks ettirmaydi. Bundan tashqari ba’zan oʻqitishning tadqiqot usullari guruhi ham muammoli oʻqitish deb 
yuritiladi. Ehtimol bu yerda “muammoli” soʻzini tadqiqot ma’nosida tushunish ta’sir koʻrsatadi [5]. 
Yuqoridagi olimlar fikrini tahlil qilish asosida muammoli oʻqitishning talabalar oʻquv-biluv faoliyati 
rivojlanishdagi oʻrnining mohiyatini quyidagicha yoritamiz: oʻqituvchi tomonidan talabalarning oʻquv 
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va oʻquv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish 
orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirish boʻyicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni oʻquv-biluv faoliyatini 
rivojlantirishni tashkil etadi. Bu esa bilimlarni oʻzlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. 
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil koʻrinishga ega [6]. 
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 
2. Muammoning qoʻyilishi. 
3. Muammoning yechimini topish. 
Muammoli vaziyat yaratish usullarini quyidagicha belgilash mumkin: oʻqituvchi talabalarga dars 
mavzusi bilan bogʻliq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yoʻlini topishni taklif qilish; bir masalaga 
doir turli nuqtayi nazarlarni bayon qilish; hal etish uchun yetarli boʻlmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar 
boʻlgan yoki savolning qoʻyilishi notoʻgʻri boʻlgan masalalarni taklif etish. 
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: oʻqituvchi muammoni qoʻyadi va oʻzi yechadi; oʻqituvchi 
muammoni qoʻyadi va uning yechimini talabalar bilan birgalikda topadi; talabalarning oʻzlari muammoni 
qoʻyadilar va uning yechimini topadilar. 
Muammoli vaziyatni yechishda qoʻllaniladigan usullar: 
muammoni turli nuqtayi nazardan oʻrganish, tahlil qilish; 
solishtirish, umumlashtirish; 
dalillarni aniqlash va qoʻllash; 
vaziyatga bogʻliq xulosalar chiqarish; 
talabalarning oʻzlari aniq savollar qoʻyishi va boshqalar. 
Muammoli vaziyatni oʻquv mashgʻulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida 
qancha koʻp shakllantirish oʻqituvchiga bogʻliq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u talabalar 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish