|
Key words: problem, problem-based learning, problem-based learning technology, problem situationBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: problem, problem-based learning, problem-based learning technology, problem situation.
Kirish. Zamonaviy ta’lim sharoitida yuksak malakali mutaxassislarni iste’molchilar talablariga qarab
tayyorlanishi, talabalarning tanlagan ixtisosliklari boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirilishi,
mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga oʻrgatilishi ta’minlanishi kerak. Bu xususida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmonida ta’lim sifatini oshirish boʻyicha
bir necha vazifalar [1] belgilab berildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va
samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy
bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va
integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya
qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sogʻlom insonlar etib tarbiyalash,
ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda [2].
Asosiy qism. Talabalarning oʻquv-biluv faoliyatini rivojlantirishda, yuqori malakali kadrlar
tayyorlashda, bugungi kunda pedagoglardan zamonaviy, rivojlantiruvchi texnologiylardan foydalanish talab
etiladi. An’anaviy oʻqitish tizimida ta’lim oluvchilarning pedagogik ta’sirlar ostida bilim olishi yotadi, bunda
talabalarning faoliyati faol ijodiy xarakterga ega boʻlmaydi. Turli fanlarni oʻqitishda yangi pedagogik,
innovatsion, interfaol texnologiyalari, shu jumladan, muammoli vaziyatni tashkil etishga asoslangan ta’lim
an’anaviy ta’limga qaraganda ancha yuqori samara berishi kun sayin oʻz tasdigʻini topmoqda. Shu sababdan
https://buxdu.uz
|
| |