|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
29
Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri - ijtimoiy yetuklikning jadal sur’atlar bilan roʻyobga
chiqishidir. Bunday yetuklik shaxsdan zarur aqliy qobiliyatni, hayot va faoliyatda bajariladigan turli rollarni
egallashni talab qiladi. Ayniqsa, aqliy yetuklik (kamolot) muhim ahamiyat kasb etadi. Talabaning darslarga
oʻz vaqtida qatnashishi, berilgan vazifalarni bajarishi, intellekt rivoji dinamikasiga negiz boʻla olmaydi, bu
esa aqliy taraqqiyotni diagnostika qilish uchun yetarli emasdir.
Talabalarning kasbiy shakllanishida intellekt dinamikasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash hamda
pedagogik innovatsiyalarning, ijtimoiy intellekt dinamikasiga ta’sirini aniqlash va talaba kasbiy
shakllanishida intellekt dinamikasi tizimli modulini tahlil etishdan iborat.
Yoshlarning ijtimoiy intellekti tabiatini tadqiq etish, ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish bugungi kun
talabi boʻlib, barkamol avlod tarbiyasida, uning intellektual salohiyatini oshirishda va kasbiy shakllanishida
ijtimoiy intellektni aniqlash usullarini chuqur oʻrganish va dinamikasining xususiyatlarini tahlil etish
muhimdir. Masalani oʻrganishda suhbat, kuzatish, savol-javob, anketalar, talabalarning ta’lim jarayonidagi
intellektual salohiyatini kuzatish, aqliy qobiliyatini aniqlashga qaratilgan Dj.Ravenning “Progressiv
matrisalar” metodi, V faktor bilan bogʻliq soʻzlar bilan ishlash imkoniyati murakkab mantiqiy munosabatlar
va mavhum aloqadorlikni tushunishlari “Murakkab analogiyalar” testi, tushunchalar bilan bogʻliq
masalalarni yechishda qanday tafakkur yetakchilik qilishida “Muhim belgilarni ajratish” testi, axborotlarni
koʻrish orqali qayta ishlash va mantiqiy xulosalashda “Vizual intellektni oʻrganish” testi hamda amaliy
intellektning rivojlanganlik darajasini baholashda esa “Amaliy intellektni oʻrganish” testlari foydalanildi.
Bundan tashqari, Dj.Gilford va M.Sallivenning “Ijtimoiy intellektning diagnostikasi” metodikasi,
V.V.Boykoning “Empatik qobiliyatlar darajasi diagnostikasi” metodidan foydalanildi.
Intellektning quyidagi ikki turiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, abstrakt intellekt - bu abstrakt, verbal va
matematik belgilarni tushunish va ularning yordami bilan turli aqliy harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini
bildiradi, ijtimoiy intellekt - odamlarni tushunish va ular bilan munosabatlarga kirishish qobiliyatidan iborat.
Ijtimoiy intellekt odamlarni toʻgʻri baholay bilish, ularning xulqini toʻgʻri bashorat qilish va shundan
kelib chiqqan holda ular bilan munosabatga kirishish qobiliyati deb tavsiflash mumkin. Boshqa odamlarni
yaxshi tushunishni ta’minlovchi bir qator sifatlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bu sifatlar tarkibiga ijtimoiy
intellekt alohida qobiliyat sifatida kiritilgan. 1960-yillarda ijtimoiy bilish va kommunikativ kompetentlikka
oid ishlar paydo boʻla boshladi. Shu yillarda umumiy persepsiya muammosiga odamlarning bir-birlarini
tushunishlariga katta e’tibor qaratilgan va hosil boʻlgan ijtimoiy intellektning tabiati va tarkibi toʻgʻrisidagi
konseptual tasavvurlar asosida uni oʻrganishning metodik apparatini yaratishga uringanlar (J.Gilford, D.Kit,
N.Kentor va boshqalar).
Ijtimoiy intellektni oʻlchashga moʻljallangan birinchi ishonchli testni yaratgan J.Gilford uni umumiy
intellekt omilidan mustasno tarzda va, eng avvalo, xulq-atvorga oid axborotlarni tushunishi bilan bogʻliq
boʻlgan intellektual qobiliyatlar tizimi sifatida oʻrgangan.
80-yillarda D.Kit tomonidan yaratilgan testlar axloqiy yoki odob bilan fikrlashni baholashga
moʻljallangan edi. M.Ford va M.Tisak intellektni baholashning negizida muammoli holatlarning toʻgʻri
yechimini topishini ta’kidlaydilar. Ular ijtimoiy intellekt ijtimoiy axborotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq
boʻlgan mental qobiliyatlarning aniq va mutanosib guruhini oʻz ichiga olishini koʻrsata bildilar. Bu qobiliyat
guruhi esa oʻz oʻrnida “formal” tafakkur asosini tashkil qiluvchi va “akademik” intellekt testlari bilan
tekshiriluvchi qobiliyatlardan tubdan farq qiladi.
|
| |