|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Ключевые слова: профессиональное становление, социальная активность, интеллект,
умственные способности, социально-эмоциональный интеллект, эмпатические способности,
интеллектуальная динамика, интерактивные методы, социальная активность.
The article examines the socio-psychological features of the dynamics of social activity and
intellectual development in the process of student professional development, analyzes the development of a
module of psychological and pedagogical assistance, overcoming problems in professional formation and
systematized activities necessary for the development of state and society. the need to train qualified,
competitive, socially active and highly intellectual specialists in accordance with the requirements of the
time.
Key words: professional formation, social activity, intellect, mental abilities, social and emotional
intelligence, empathic abilities, intellectual dynamics, interactive methods, social activity.
Kirish. 2021-yil 17-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi
Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov savollariga javoblari yuzasidan “Yangi Oʻzbekiston
demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli intervyusi
e’lon qilindi. Intervyuda 2016-2021-yillarda jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlar
hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalar haqida chuqur tahliliy ma’lumotlar aks ettirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 20-avgustida tadbirkorlar va
ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi va unda nutq soʻzladi. Mazkur tadbirdagi ma’ruzada yoshlar
uchun dasturulamal boʻladigan ilgʻor fikrlar ilgari surildi.
Albatta, ushbu ma’ruzada Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar va istiqboldagi
dolzarb vazifalar aks ettirilgan. Zero, insoniyatning eng buyuk gʻoyalaridan biri - shaxsning erkinligi va
uning intellektual salohiyatli boʻlishi gʻoyasi hisoblanadi. Zotan, erkin shaxs, erkin xalq, yaratuvchanlik,
farovonlik, insonparvarlik, bunyodkorlik ishlariga, ilm-u fanda, madaniyatda va zamonaviy ishlab chiqarish
jarayonida faol harakat qilishga hamda koʻzlangan maqsadlarga erishishga qodirdir.
Asosiy qism. Hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan keskin oʻzgarishlar sifat jihatidan
yangi va nisbatan murakkab boʻlgan vazifalarni qoʻyadi, bunda shaxs intellektining rivojlanish darajasi,
uning aqliy imkoniyatlari regulyatori, axloqiy jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xoʻsh, ushbu xususiyatlar
talabalik davrida qay tarzda namoyon boʻladi va tarkib topadi?
Tadqiqotlarda talabalar deganda, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va
mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida, maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayogan ijtimoiy
guruh tushuniladi.
https://buxdu.uz
|
| |