|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Ключевые слова: кредитно-модульная система, самостоятельное обучение, самостоятельные
формы работы, содержание самостоятельной работы на уроке и во внеурочное время.
This article provides a scientific and methodological basis for the credit-module system, its
importance, the main forms of organization of independent study of students, types of independent work of
students in the credit-module system, the content of independent work of students in the classroom and
outside the classroom.
Key words: credit-module system, independent study, forms of independent work, the content of
independent work in the classroom and outside the classroom.
Kirish. Jahon ta’lim tizimida kredit-modul tizimiga asoslangan oʻqitish tizimi Budapesht Korvinus
Universiteti (Vengriya), Bukingem universiteti (Buyuk Britaniya), Shimoliy Arizona universiteti (AQSH) va
shu kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston,
Gruziya, Qozogʻiston va Belarussiya, Shotlandiya, Uels, Shimoliy Irlandiya, Germaniya, Nederlandiya,
Ispaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi davlatlarda tashkil etilgan. Bu esa butun jahon oliy ta’lim muassasalarida
talabalarning mustaqil oʻqib izlanishi, kreativ fikrlovchi pedagog xodimlarni tayyorlanishi hamda barcha
talabalar oliy ta’lim muassasalaridan chetlatilmasdan ta’lim olib, diplom olish imkoniyatlarini yaratganligi
muhim ahamiyatga egadir.
Dunyoda oliy ta’lim muassasalani kredit modul tizimi asosida tashkil etish va unda pedagogika
fanlarini oʻqiyotgan talabalarni mustaqil oʻqishlarini ta’minlashga doir qator ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda.
Asosiy qism. Respublikamizdagi oliy ta’limning mazmunini va kadrlar tayyorlash jarayonlarini ilgʻor
xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, xususan, kredit modul tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida
pedagogika fanlarini oʻqiyotgan talabalarning mustaqil oʻqishini tizimli tashkil etishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan, 2019-yil 8-oktabrdagi
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi PF-5847-son Farmonida oliy ta’lim muassasalarining oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga
oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga oʻtkazish va 2018-
2019-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini kredit-
modul tizimiga oʻtkazish, shuningdek, kredit-modul tizimi joriy etilgan OTMlar sonini 2 tadan 85 tagacha
yetkazilish, nodavlat, davlat – xususiy sheriklik asosidagi OTMlar sonini esa 35 tagacha yetkazilish,
nazariyani amaliy koʻnikmalarga almashtirish boʻyicha ham farmonda alohida ta’kidlangan. Hozir bizda
ta’limning 40 foizigacha mustaqil ta’lim uchun ajratilgan boʻlsa, konsepsiyaga koʻra, bu koʻrsatkich
2030-yilgacha 60 foizgacha yetkazilishi va “Respublikamizdagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi oliy ta’lim
muassasalari roʻyxatiga kiritish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu esa kredit-modul tizimidagi
OTMlarda talabalarning mustaqil oʻqishini tashkil etishning didaktik mexanizmlarini ishlab chiqishni taqazo
etadi.
Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi oʻqitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash,
https://buxdu.uz
|
| |