|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokamalar va natijalar.
a) auditoriyada tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
- 1a-shakl – ma’ruza tinglash va bayon etilganlarni daftarga qayd etish;
- 2a-shakl - amaliy va laboratoriya ishlarni bajarish;
- 3a-shakl - pedagogik va axborot texnologiyalar asosida talim jarayonini loyihalashtirish va uni
amalga oshirishni oʻrganish.
b) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
- 1b-shakl - oʻquv adabiyotlari bilan ishlash;
- 2b-shakl - nazorat ishlariga tayyorlanish;
- 3b-shakl – ma’ruza tayyorlash;
- 4b-shakl - masofaviy ta’lim texnologiyasi.
Quyida auditoriyada tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllarining mazmuni haqida qisqacha
toʻxtalib oʻtamiz.
1a-shakl. Ma’ruza tinglash va bayon etilganlarni daftarga qayd etish. Pedagogika-psixologiya ta’lim
yoʻnalishi fanlaridan ma’ruzani tinglash, uni daftarda qayd etish jarayonida ma’ruza manbalari varaqning bir
tarafiga, ikkinchi tarafiga joy qoldirilgan holda yoziladi. Ikkinchi tarafiga esa talaba tomonidan chiqarilgan
xulosalar, mulohazalar, ularda paydo boʻlgan savollar, savollarga javob variantlari, faktlarni yozish va har xil
belgilarni qoʻyish tavsiya etiladi. Shuning uchun ba’zan keng hoshiyalar qoldiriladi.
2a – shakl. Amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish. Amaliy mashgʻulotlar talabada metodik bilimni
mustahkamlashga, ularni yangi vaziyatga koʻchirib, amaliy masala hamda vaziyatlarni hal qilish uchun
umumpedagogik tushunchalar va asosiy pedagogik malakalarni rivojlantirishga qaratiladi. Amaliy
mashgʻulot oʻtkazish shakllari: turli xil pedagogik-texnologik vaziyatlarni loyihalash, metodik masalalarni
hal etish, topshiriqlar bajarish, oʻqituvchilar bilan bahs-munozaralarda ishtirok etish. Amaliy ishlarda
talabalarning asosiy ish faoliyati texnologik mashqlar hisoblanadi.
3a – shakl. Pedagogik va axborot texnologiyalar asosida talim jarayonini loyihalashtirish va uni
amalga oshirishni oʻrganish. Pedagogika-psixologiya ta’lim yoʻnalishi talabalari ma’ruza, amaliy va seminar
mashgʻulotlarida oʻrganilgan pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini
loyihalashtirishni, asosan, pedagogik amaliyot jarayonida amalga oshirishni oʻrganishadi. Bunda talabalar
ma’lum sharoitlarda egallagan bilimlarni ijodiy qoʻllash va ta’limning optimal variantlarini tanlay olish;
https://buxdu.uz
|
| |