|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: module, modular training, modular program, modular blocks, modular approach, module
types, new pedagogical technologies.
Mоdulli oʻqitish texnologiyalari - eng zamonaviy texnologiya boʻlib, modul bloklaridan tashkil topgan
axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, bilim,
koʻnikma va malakalar diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit
jarayondir.
Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega boʻlgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga
qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat boʻlgan birlikdir.
Modulli dastur - bir fan doirasidagi modul bloklarining yigʼindisi boʻlib, erishish lozim boʻlgan
didaktik maqsad, qoʻllaniladigan usullar va vositalar yigʼindisidir.
Oʻquv moduli – nisbatan mustaqil, mantiqiy yakunga ega boʻlgan oʻquv kursining boʻlagidir. U oʻquv
metodik taʼminotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi
qismlardan iborat.
Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, koʻnikmalarni shakllantirish,
ularda rejalashtirish, oʻz-oʻzini boshqarish va nazorat qilish, oʻzlashtirish boʻyicha samarali natijani
taʼminlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri boʻlib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadgsha
yoʻnaltirilgan bogʼlamki, u oʻzida oʻrganiladigan mazmunni va uni oʻzlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta taʼlim shaxsga
yoʻnaltirilgan xarakterda boʻlishi talab etiladi. Buning uchun taʼlimni tashkil etish jarayonida talabaning
qobiliyatlari, ehtiyojlari va oʻziga xos jihatlarini hisobga olish lozim. Аna shu elementlar hisobga olingan
taqdirda oʻz–oʻzidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, oʻqishga boʻlgan motivlarni kuchaytiruvchi
“subyekt-subyekt” kontseptsiyasiga asoslangan taʼlim tizimi kelib chiqadi.
Аnʼanaviy taʼlim tizimida chuqur oʻrnashib qolgan pedagogik paradigmalardan biri bu subyekt-obyekt
munosabatlaridir. Bu yondashuv nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841-yillar) kiritilgan.
Bunday yondashuvda pedagog subyekt rolini bajaradi va qanday oʻqitish, qanday talabalarni ishlab chiqish,
https://buxdu.uz
|
| |