“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
38 
Tizimli va izchillik tamoyili. Ushbu tamoyil mantiqiy tartibda bilim va koʻnikmalarni shakllantirishni 
ta’minlaydi. Oʻquv materiallari mavjud boʻlganlarni hisobga olgan holda aniq tizimli, tuzilgan, puxta 
oʻylangan holda virtual shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. 
Oʻquv materialining oʻzaro ta’siri tamoyili. Ushbu tamoyil talabalarni oʻquv jarayonining faol 
ishtirokchisiga aylantirishni, fanga nisbatan qiziqishini oshirishga hamda uni yuqori saviyada oʻrganishni 
ta’minlaydi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda virtual ta’lim texnologiyalari muhim pedagogik dasturiy 
vosita boʻlib xizmat qiladi. 
Muvofiqlik tamoyili. Ushbu tamoyil chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik faniga oid 
yaratiladigan virtual ta’lim texnologiyalarini Davlat ta’lim standartlariga hamda zamon talablariga mos holda 
boʻlishini ta’minlaydi.
Vizual oʻqitish tamoyili. Ushbu tamoyilning asosiy vazifalaridan biri oʻquv materialini koʻrgazmali 
namoyish etishdan iborat. Bularga 3-D formatli grafik vositalar (jadvallar, klasterlar, chizmalar, xaritalar va 
boshqalar) va multimedia manbalari (animatsiya, audio, video) kiradi. Bu borada, K.D.Ushinskiyning fikriga 
koʻra, vizual oʻqitish oʻquvchilarni fanga nisbatan qiziqtirishga hamda kreativ fikrlashini oshirishda muhim 
vosita boʻlib xizmat qiladi.
Ta’lim muammolarini ta’minlash tamoyili. Ushbu tamoyil muammoli vaziyatni hal qilishda talabaning 
aqliy faolligi oʻsishini anglatadigan intuitiv faoliyatning mohiyati bilan belgilanadi. Virtual ta’lim 
texnologiyalari an’anaviy oʻquv qoʻllanmalariga nisbatan muammoli vaziyatlarni yuqori darajada keltirib 
chiqarishni modellashtirish imkoniyatlarini yaratadi. 
Mustaqil ta’lim olish tamoyili. Ushbu tamoyil oʻquvchining mustaqil ishlashi uchun ta’limga oid 
zaruriy oʻquv materiallarini (video nazariy mashgʻulotlar, vizual taqdimotlar, animatsiya vositalari, virtual 
amaliy mashgʻulotlar, trenajyorlar, lugʻatlar, elektron krassvordlar) taqdim etishni hamda mustaqil bilimini 
baholashni ( onlayn test va nostandart testlar) oʻz ichiga oladi.
Oʻquv materialini tarqatish tamoyili. Ushbu tamoyil virtual ta’lim texnologiyalarining oʻquv 
materiallarini nafaqat talabaning kompyuteriga, balki mahalliy tarmoq va Internetga joylashtirishning 
maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi.
Qiziqtirish tamoyili. Ushbu tamoyil talabani chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik faniga 
qiziqtirish uchun fanning asosiy mohiyatini, maqsad va vazifalarini tushunib yetishga bogʻliq. Buni esa 
virtual ta’lim texnologiyalari asosida samarali tashkil etish mumkin.
Nazariyaning amaliyot bilan bogʻlanish tamoyili. Ushbu tamoyil chaqiruvga qadar boshlangʻich 
tayyorgarlik fanining nazariy va amaliy oʻquv-ma’lumotlari kompyuter texnologiyalari yordamida nazariy 
darslarini tashkil etish, ular asosida virtual amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish imkoniyatini yaratadi.
Ergonomik tamoyili. Ushbu tamoyil oʻquvchiga nisbatan insoniy munosabatni va ta’lim uchun qulay 
muhitni ta’minlash zarurati bilan bogʻliq. Virtual ta’lim texnologiyalari intuitiv tarzda ta’minlanishi lozim. 
Bunda talaba, ofitser-oʻqituvchisiz foydalanishi mumkin boʻlgan interfeys, puxta oʻylangan takliflar va 
koʻrsatmalar tizimi, oʻqish sur’atini erkin tanlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Download 6,23 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish