, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
41 
talabalar jamoasini qay yoʻnalishda rivojlantirishni faqat oʻz yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa 
passiv holda obyekt rolini bajaradi. Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushinish, qoʻllashga 
oʻrganish hisoblanadi. Bu paragdimaga qarshi gʼoyani amerikalik pedagog D. Dyui ishlab (1859-1952) 
chiqadi. Uning fikricha, nimani va qanday oʻqitish lozim? degan savollarga javob topishda talabaga ham 
erkinlik berish va uning xohishlarini hisobga olish lozim. Toki talaba oʻz faoliyatini, oʻz taqdirini, oʻz 
hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu konsepsiya “subyekt-subyekt” munosabatlari sifatida tan 
olindi va koʻpgina rivojlangan davlatlar taʼlim tizimida oʻz oʻrniga ega. [8,120 b.] 
Аytish joizki, taʼlim tarixida yigʼilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari oʻz aksini modulli 
taʼlimda topdi. “Modulli taʼlim” tushunchasi 1971-yillarda Dj.Rassel tomonidan kiritildi. Rassel modulni 
oʻquv paketi sifatida talqin etadi va unga oʻquv materialining konseptual birligini oʻrganishga oid 
harakatlarni kiratadi. B.M.Goldshmid – modulni talabaga maʼlum koʻzlangan natijaga yetishga yordam 
beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi (1972-y). [8,120 b.] 
Bundan tashqari, “modul” tushunchasiga tegishli boʻlgan bir qancha xususiyatlarni ajratish mumkin: 
- maqsad; 
- turli xil turdagi oʻquv faoliyatini integratsiyasi; 
- metodik taʼminot; 
- mustaqil rivojlanish; 
- taʼlim jarayonidagi talabaning mustaqilligi; 
- oʻquv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish koʻnikmasi; 
- nazorat va oʻz-oʻzini nazorat; 
- talabaning taʼlim olishdagi shaxsiy trayektoriyasi. 
Modul bir necha bloklardan iborat boʻlishi mumkin: 
1-blok. Kirish nazorati - yangi mavzuni oʻrganish uchun mavjud bazaviy va qoldiq bilimlarni 
tekshirishga qaratilgan. 
2-blok - nazariy blok. Mavzuning har bir mantiqiy boʻlagi uchun tuzilgan axborot va koʻrgazmali 
materiallardan iborat (Аxborot rasm, diagramma, sxemalarda toʻliq koʻrsatilishi maqsadga muvofiq). 
3-blok - nazariy axborotni har bir boʻlagini talabalar bilan birgalikda tahlil etishga qaratilgan. 
4-blok - amaliy blok. Nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy faoliyatini tashkil etish. 
5-blok - chuqurlashib boruvchi blok. Mavzuga oid soha boʻyicha murakkab topshiriqlarni bajarish. 
6-blok - nazorat bloki. Bajarilgan topshiriqlarni nazorat qilish. 
7-blok - nazorat natijalarini tahlil etish. Umumiy yoʻl qoʻyilgan hatoliklarni aniqlash va tahlil qilish. 
8-blok - chiqish nazorati. Mavzu boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarish va topshirish. 
Modul turalri: 
- Nazariy modullar (Nazariy bilimlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan modullar). 
- Аmaliy modullar (Аmaliy koʻnikmalarni va malakalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan modullar). 
- Texnologik yoki aralash modullar (nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirishga 
yoʻnaltirilgan modullar). 
Modulning tarkibiy qismlari. 
Modul dastur kompleks didaktik maqsaddan (KDM) va bu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi 
modul bloklari yigʼindisidan iborat. 
Modul dasturini ishlab chiqish uchun asosiy gʼoyalarni ajaratib olish va blok-modullarda 
strukturalashtirish, soʻngra kompleks didaktik maqsadlarni shakllantirish talab etiladi. Kompleks didaktik 
maqsadlar modul-bloklarining maqsadlariga, yaʼni integrativ didaktik maqsadlarga (IDM) va xususiy 
didaktik maqsadlarga (XDM) boʻlinadi, uni esa oʻz navbatida oʻquv elementlari tashkil etadi. 
Modul dasturlarning maqsadi malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat qiladi. Modul dasturning 
maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qoʻyilayotgan ekanini aniqlab olishdan 
boshlanadi. Bugungi kunda Rossiyada mutaxassisga qoʻyiladigan umumiy talablar tizimi oʻrganilib ularni 
uch asosiy guruhga ajratilmoqda. Mutaxassis kompententligini aniqlovchi kriteriylarni quyidagi 
kategoriyalarga boʻlish mumkin 
Instrumental kompententsiyalar: 
- analiz va sintez qobiliyatiga ega boʻlish; 
- rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati; 
- umuiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi; 
- mutaxassislik boʻyicha bazaviy bilimlarni egallaganligi; 
- ona tilida bemalol muloqatga kirisha olish; 
- axborot texnologiyalaridan foydalan olish malakalari; 
- axborot materiali bilan ishlash qobilyati; 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish