|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
42
- muammolarni yechish qobiliyati;
- qaror qabul qilish qobiliyati.
Tizimli kompententlik:
- bilimlarini amalda tizimli ravishda qoʻllay olish;
- tadqiqot olib borish;
- yangi oʻaroitga moslashish;
- ijod qilish;
- liderlik qobiliyatini oʻstirib borish;
- individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;
- loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;
- tadbirkorlik va yangi gʼoyalarni ilgari surish;
- masuliyatlilik;
- muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi.
Tanlangan mutaxassislik boʻyicha umumiy didaktik maqsadlar tasdiqlangan standartda oʻz aksini
topgan. Modul dasturini ishlab chiqishda ana shu standart talablariga asoslaniladi.
Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga eʼtibor qaratish lozim:
1. Modul spetsifikatsiyasi.
2. Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
3. Modulning oʻquv materialini ishlab chiqish.
1. Modul spetsifikatsiyasi-ana shu modul haqida toʻliq maʼlumotni oʻzida aks ettiradi. Uning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
1.1. Modulning nomi. Modullarning nomlari mazmunga mos boʻlishi va qaytarilishlarga yoʻl
qoʻymaslik lozim.
1.2. Oʻqitishning maqsadi. Mana shu modulni oʻzlashtirish natijasida qanday faoliyat yuritish imkoni
tugʼilishi, kasbiy tayyorgalikdagi axamiyati yoritib berilishi lozim. Talabaning rejali taraqqiyoti aks ettirilishi
maqsadga muvofiq.
Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
1.1. Baholash mezonlari. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda faoliyat obʼekti, bajariladigan faoliyat
turi, faoliyat sifati, bajarilgan faoliyatning standartlari koʻrib chiqiladi. Baholash mezonlarini ishlab
chiqishda oʻqitish natijalariga mos holdagi faoliyat turi ishlab chiqilishi lozim. Har bir natijani tekshirish
mezonlari 4 yoki 6 tadan oshmasligi tavsiya etiladi.
1.2.
Oʻzlashtirish darajasi. Oʻzlashtirilganlik darajasini chuqurligini koʻrsatuvchi mezonlar ishlab
yaiqiladi, baʼzi hollarda uni ishlab chimqish shart emas, agar u baholash mezonlarida koʻrsatilgan boʻlsa.
Oʻzlashtirilganlik darajasini isbotlovchi erishilgan natija turli koʻrinishda boʻlishi mumkin. Oʻzlashtirish
obʼekti- tayyorlangan predmet, amaliy topshiriq, ogʼzaki yoki yozma javoblar tarzida boʻlishi mumkin.
1.3.
Modulga kirish nazorati. Modulni oʻrganish uchun zarur boʻlgan taʼlim va bilimlar tizimini
koʻrsatadi.
1.4.
Oʻquv jarayonini davomiyligi. Davomiylik Oʻquv soatlari yoki zachyot birliklari
koʻrinishida aks etadi.
1.5.
Baholash. Baholash tizimini ishlab chiqayotganda uning haqqoniyligiga va ishonchli
boʻlishiga eʼtibor qaratish lozim. Yakuniy nazorat alohida oʻtkazilishi maqsadga muvofiq. Baʼzi modullarda
yagona baho ham qoʻyilishi mumkin. Baholash tizimi modulning xarakteridan kelib chiqib tanlanadi.
Modulning tarkibiy qismlari:
1. Modulning nomi.
2. Modulni oʻzlashtirishdan maqsad.
3. Modul bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar.
4. Nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar.
5. Seminar, amaliy va labarotoriya ishlarining mazmuni, topshiriqlar va ularni bajarishga yordam
beruvchi tavsiyalar.
6. Joriy nazorat topshiriqlari.
7. Individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar.
8. Yozma nazorat variantlari.
9. Oʻz-oʻzini tekshirish uchun savollar.
10. Talaba yigʼishi mumkin boʻlgan reyting ballari.
Xulosa qilib aytganda, modulli yondashuvning maqsadi - axborotni oʻzlashtirish, idrok etilgan
axborotni mustaqil tahlil qilish, oʻz mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal
usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir .
https://buxdu.uz
|
| |