|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
35
korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil
oʻqib-oʻrganib, oʻz ustida ishlashiga zamin yaratadi.
Ta’lim tizimining samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari mazmuni
hamda mustaqil ta’limni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita ta’minlab beradi. Kredit-modul
tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Kredit-modul tizimiga koʻra oʻquv
mashgʻulotlari shaxsga yoʻnaltirilgan oʻqitish texnologiyalari va talabaning mustaqil oʻqib oʻrganishiga
asoslanadi. Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishining ikki turi ajratiladi:
- auditoriyada – bu bevosita oʻqituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlar;
- auditoriyadan tashqari – oʻqituvchi tomonidan berilgan, lekin uning ishtirokisiz talaba tomonidan
bajariladigan mustaqil ishlardir.
Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlari mazmuni oʻquv fani ishchi
dasturida koʻrsatilgan, tavsiya etilayotgan oʻquv topshiriqlari asosida belgilanadi. Talaba va oʻqituvchilarda
ushbu umumiy oʻqish yuklamasining aynan qancha qismi dars, auditoriya soatlariga toʻgʻri keladi, degan
savol tugʻilishi mumkin. Kredit modul qoidalari bu masala boʻyicha aniq talab yoki chegara belgilanmagan.
Bunga koʻp sabablarni keltirish mumkin. Masalan, ta’lim jarayonlari yoki modul har doim ham oʻz tarkibiga
auditoriya soatlarini qamrab olavermaydi. Bunga misol qilib oʻquv dasturidagi bitiruv amaliyoti, diplom ishi
va shu kabi oʻqish elementlari va modullarni keltirishimiz mumkin. Koʻrib turganingizdek, bunday oʻqish
elementlarida auditoriya soatlari boʻlmaydi. Lekin kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar
amaliyotini tahlil qilganimizda, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega boʻlgan fan va modullarda
auditoriya va mustaqil oʻqish soatlari nisbati oʻrtacha 40 foizga 60 foiz ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bu
nisbat boshqacha qilib aytganda 1 : 1.5 toʻgʻri keladi. Ya’ni, talaba muayyan fan boʻyicha belgilangan har 1
soat dars uchun unga darsdan tashqarida bir yarim soat mustaqil oʻqishi, tayyorlanishi kerak boʻladi.
Pedagogika va psixologiya yoʻnalishida mustaqil ta’lim olishning eng maqbul shakllarini tanlash, ulardan
foydalanishning adekvat usullarini qoʻllash talabalarning bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishda,
ularning amaliy faoliyat jarayonida mustaqil, ijodiy topshiriqlarni samarali bajarishlariga olib keladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari ta’lim jarayonining har bir bosqichida namoyon boʻlsa-da, biz asosan
Pedagogika-psixologiya ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning auditoriyadagi va
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olish shakllarini ilmiy asoslashga harakat qildik.
|
| |