|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
33
diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va talabalarning izlanishiga, fikrlashga oʻrgatadi. Muammoli ta’lim
oʻqituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol, mustaqil
faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni ijodiy oʻzlashtirish va aqliy faoliyatni
rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli oʻqitish jarayonida beriladigan topshiriqlar talabalarga tadqiqiy, evristik, muammoli
vaziyatlarni tahlil qilish boʻyicha topshiriqlar beriladi, bunda: nostandart masalalarni tuzish boʻyicha;
shakllantirilmagan savol bilan ; ortiqcha ma’lumotlar bilan ; oʻzining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil
umumlashtirish; yoʻriqnomalardan foydalanmasdan qandaydir obyekt mohiyatini bayon etish; olingan
natijalarni qoʻllash chegaralarini va darajalarini aniqlash; hodisaning namoyon boʻlish mexanizmini
aniqlash; “bir lahzada” toppish kabi topshiriqlarni berish mumkin. Bu orqali talabalarning oʻquv-biluv
faoliyati rivojlantiriladi.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
muammoni qoʻyish, ma’lumotlar fondini toʻplash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qoʻshimcha
ma’lumotlar toʻplash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli
oʻrtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir.
Muammoli ta’lim samaradorligini ta’minlovchi shartlar deb quyidagilarni olishimiz mumkin:
muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uygʻotishni ta’minlash. Muammo yechimidagi har bir bosqichda
paydo boʻladigan ishlarni bajara olish mumkinligini ta’minlash, ya’ni mavjud muammoni yechish uchun
talabalarning intellektual salohiyat darajasi, bilish kompetensiyalari hisobga olinishi zarur. Shuningdek,
pedagog va talabalar orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya’ni talabalar tomonidan bildirilgan
barcha fikr va farazlar e’tibor va ragʻbatsiz qolmasligi zarur, chunki aynan ragʻbat talabalarning oʻquv-biluv
faoliyatini rivojlantirishda motivatsion omil hisoblanadi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishga oʻrgatilgan boʻlsa, uning tabiiy
ijodiy qobiliyatini soʻndirish ham mumkin. U mustaqil fikrlashni “esdan chiqaradi”. Fikrlash jarayoni
muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon boʻladi va rivojlanadi [7].
Talabalarning oʻquv-biluv faoliyatini rivojlantirishda muammoli ta’limning psixologik-pedagogik
oʻziga xosligi shundaki, muammoli ta’lim talabalarning oʻquv biluv faoliyatini rivojlantiruvchi shunday
metodiki, bunda haqiqiy ijodiy jarayon modellashtiriladi. Boshqacha aytganda, muammoli vaziyat yaratilib,
talabalarning muammoni yechish borasidagi izlanishlari boshqariladi. Talabalar yangi bilimlarni
oʻqituvchilar yordamida oʻzlashtiradilar. Buning uchun ikki omil muhim hisoblanadi:
1. Talabalarda oʻquv materiallarini bilishga ehtiyojning yuzaga kelishi.
2. Talabalar tomonidan zarur boʻlgan umumlashgan yangi bilimlarni egallash.
Talabalarning muammoni yechish jarayonida qatnashish imkoniga qarab, muammoli oʻqitishni turli
darajada tashkil etish mumkin.
Muammoli ta’limning psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagicha: talabalarning fikrlash doirasini
va qobiliyatlarini oʻstirish, ijodiy koʻnikmalarni rivojlantirish; muammoni mustaqil yechishda va faol
izlanish davrida olingan bilim va koʻnikmalarni talabalar tomonidan oʻzlashtirilishi, buning natijasida ushbu
bilim va koʻnikmalar an’anaviy oʻqitishdagidan koʻra ancha mustahkam boʻladi; nostandart muammolarni
koʻra oluvchi, qoʻya oluvchi va yecha oluvchi talabaning faol ijodiy shaxsini tarbiyalash.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, muammoli ta’lim oʻquv faoliyatini harakatlantiruvchi va
rivojlantiruvchi kuchning asosiy manbasi desak mubolagʻa boʻlmaydi, zero uning maqsadi - bilimlarni,
farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir. Muammoli oʻqitishda fikrlash jarayoni
faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni yechish uchun zarur
boʻlgan fikrlashni shakllantiradi. Muammoli ta’lim texnologiyasi talabalarning oʻquv-biluv faoliyatini
rivojlantiribgina qolmay, ularda ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi, bilish faolligini
orttiradi.
|
| |