• 2. Parabola-slindirik tipli yuqori temperaturali quyosh qurilmasini loyihalash, yasash va sinash tartibi.
  • “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • Yuqori haroratli quyosh qurulmalari




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    1. Yuqori haroratli quyosh qurulmalari. Yuqori haroratli quyosh qurulmalari bir nuqtada 
    yoki fokal tekislikda toʻplangan quyosh energiyasi hisobidan ishlaydi. Quyosh energiyasini toʻplash uchun 
    linzalar va ma’lum bir qonuniyatlar asosida tayyorlangan yorugʻlikni qaytarib, uning fokusida toʻplovchi 
    sferik, paraboloidli, parabola-slindrik, fasetli yoki konusli konsentratorlaridan foydalaniladi. Nazariy 
    hisoblashlar ideal konsentratorlarida konsentratsiya darajasi 100 dan 8000 gacha, fokal tekislikda 
    joylashgan jismning harorati esa 3000-3500 
    0
    C gacha koʻrsatilishi mumkin. Fokal tekislikda ishchi jism
    masalan, “Suv qozoni” joylashtiriladi. Qozon toʻplangan quyosh nurlarini yutib, temperaturasi koʻtariladi va 
    energiyaning ma’lum miqdori qozon ichidagi suvga beriladi.
    2. Parabola-slindirik tipli yuqori temperaturali quyosh qurilmasini loyihalash, yasash va 
    sinash tartibi. Bunday tipdagi qurilmalarni maktab, kollej, oʻquvchilar texnik ijodiyoti markazida tashkil 
    qilingan texnikaviy toʻgaraklar va uy sharoitida yetarli aniqlik darajasida tayyorlash imkoniyati mavjud. 
    Matematika fanidan ma’lumki y=ax
    2
    va y
    2
    =bx parabola tenglamasining koʻrinishlaridan boʻlib, ma’lum 
    fokus masofaga ega boʻladi. Loyihalash ishlarida y
    2
    =bx=4FX tenglamadan foydalanish mumkin. Bunda F - 
    parabolaning fokus masofasi. Qurilmani ixcham, foydalanishga qulay boʻlishini oldindan rejalab qurilma 
    oʻlchamlari va Fni tanlash mumkin. Qurilmani ayyorlash, ishga tushirish va uni sinash quyidagi ketma-
    ketlik asosida olib boriladi. 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    26 
    2.1. Tayyorlanadigan qurilma uchun F=25 sm deb olamiz. Bunday shart uchun parabola tenglamasi 
    y
    2
    =4FX=100X koʻrinishga ega boʻladi. Hosil qilingan oxirgi formula asosida millimetrli qogʻozga parbola 
    grafigi hosil qilinadi. Grafik boʻylab igna bilan teshiklar hosil qilinadi va shablon tayyorlanadi. 
    2.2. Oʻlchamlari aniq boʻlgan (bizning qurilmada 57x12x2 smli yogʻoch taxta) silliqlangan 2 dona 
    yogʻoch taxtalarga shablon yordamida rangli kukunlar yordamida parabola grafigi koʻchiriladi. Taxtalarga 
    koʻchirilgan grafik boʻylab chuqurligi 0,5 sm eni 0,2 sm boʻlgan kanal hosil qilinadi. Kanalchaning 
    oʻlchami unga joylashadigan yaltiroq alyuminiy listining oʻlchamiga bogʻliq boʻlib, listning erkin 
    joylashishini ta’minlashi kerak. 
    2.3. Tayorlangan taxtachalar parallel joylashtirilib (bizning qurulmada 19,5 sm) asos va toreslar 
    toʻgʻri burchaklar hosil qilingan holda DVP bilan mix yordamida qoplanadi. 
    2.4. Tayyor boʻlgan qutining koʻndalang, simmetriya oʻqi boʻylab fokal tekislikka qozonni ushlab 
    turish uchun moʻljallab tayyorlangan metall yoki yogʻoch “Qoʻlchalar” tayyorlanib biriktiriladi. 
    2.5. Ma’lum balandlikdagi (quti uzunligining uchdan ikki hissasiga) uchburchakli “oyoqchalar” 
    tayyorlanadi. Tayyorlangan oyoqchalarga quti erkin aylanadigan qilib joylashtiriladi. Buning uchun qutining 
    koʻndalang simmetriya oʻqi va oyoqchalarning yuqori qismida teshiklar hosil qilinadi va ulardan oʻtuvchi 
    uzun bolt va gaykadan foydaniladi. 
    2.6. Tayyorlangan qismlar pardozlanib teshikchalardan oʻtuvchi uzun bolt va gayka yordamida quti 
    erkin aylanadigan qilib biriktiriladi. Kanalchalarga yaltiroq alyuminiy listi joylashtiriladi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish