|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: education system, renewable energy sources, solar engineering, solar system, region,
construction, technology, energy supply, invention, model, cylindrical drum, pulse, pasteurization, radiation,
productivity, renewable energy.
Kirish. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda inson faoliyatining xarakterli xususiyatlaridan
biri uning texnik vositalari va texnologik jarayonlarni bajarishidagi vositachiligidir. Oʻsib kelayotgan kelajak
yoshlar bilimini kuchaytirishdagi hozirgi davrning asosiy talablaridan biri yoshlarni texnikaviy bilimlar bilan
qurollantirish, texnologik jarayonlarni boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.
Ta’lim tizimida oʻqitiladigan fanlar qatoriga boy merosimiz, hozirgi zamon fani, ilgʻor texnikasi va
texnologiyasini mavjud imkoniyatlar bilan uygʻunlashtiruvchi yangi fanlarning kiritilishi, soʻzsiz, yoshlar
bilimi darajasining oshishi va saviyasining yuksalishida ijobiy natijalar beradi. Shunday imkoniyatlardan biri
qayta tiklanuvchi energiya (quyosh, shamol, biomassa, oqar suv, oʻtin) manbalaridan foydalanishning
nazariy va amaliy masalalarini ta’lim tizimida oʻqitishni tashkil etish masalasi boʻlib, yoshlarni yangi
texnologik bilimlardan hisoblanadigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻg’risidagi respublika va
dunyo miqyosidagi yangi nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi dolzarb hisoblanadi.
Asosiy qism. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzida yashovchi har bir inson uchun 2,5 kvt
energiya sarflanadi. Bu miqdor koʻrsatkichi rivojlangan mamlakatlarda 2-marta ortiqdir [1].
Energiya iste’moli hayot darajasining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Agar qadimda bitta odamga
kunlik energiya sarfi 8 Mj boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda kelib esa bu koʻrsatgich 100 Mj energiya sarfini
tashkil qiladi [2]. Bugungi kunda dunyo aholisining 7,5 milliarddan oshganligini hisobga olsak, insoniyat
ehtiyojlarini qondirish uchun katta miqdorda energiya zarurligini tushunish qiyin emas. Oʻrinli va aniq javob
talab etadigan savol tugʻilishi tabiiy. Insoniyatning energiya sarfiga boʻlgan talablarini qondirish uchun
qanday imkoniyatlar mavjud? Bunda energiya zaxiralari yetarlimi? Hozirgi kunda dunyo miqyosida qanday
energiya manbalaridan foydalanilmoqda? Bu kabi oʻrinli savollar va bunday dolzarb muammolarning
yechimini va ularga javob topish nafaqat yoshlar qatlamiga, balki katta yoshdagi insonlar uchun ham
qiziqarli va foydali hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda insoniyat qayta tiklanmaydigan energiya manbalari boʻlmish koʻmir, neft, torf, tabiiy
gaz, qisman yadro energiyasi hamda qayta tiklanuvchi oʻtin, suv, shamol bioyoqilgʻi va boshqa qator
https://buxdu.uz
|
| |