Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1270
w
www.oriens.uz
March
2022
KREATIVLIK NIMA? U PEDAGOGGA NIMA UCHUN KERAK?
Xudayqulova Madinabonu Nazarqul qizi
JDPI “Pedagogika Psixologiya” fakulteti III bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Kreativlikning psixologik tasnifi. Kreativlik ustida qator olimlarning olib
borgan ishlari. Kreativlikning pedagogika sohalari bilan aloqasi, pedagogikada
tutgan o’rni.
Kalit so’zlari:
kreativlik, signifikatsion ko‘nikmalar, psixologiya, pedagogika,
Tematik appertseptiv matn» metodi, verballi belgilar sistemasi, semiotic tizm, intelekt,
leksik boylik, ijodkorlik va hk.
АННОТАЦИЯ
Психологическая классификация творчества. Работы ряда ученых о
творчестве. Взаимосвязь творчества со сферой педагогики, его роль в
педагогике.
Ключевые слова:
креативность, сигнифицирующие способности,
психология, педагогика, метод тематического апперцептивного текста,
система словесных знаков, семиотическая система, интеллект, лексическое
богатство, креативность и др.
ABSTRACT
Psychological classification of creativity. The work of a number of scientists on
creativity. The relationship of creativity with the field of pedagogy, its role in
pedagogy.
Keywords:
creativity, signification skills, psychology, pedagogy, thematic
apperceptive text »method, system of verbal signs, semiotic system, intellect, lexical
richness, creativity, etc.
KIRISH
XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga, shu
jumladan ta’lim-tarbiya sohasiga ham ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Ushbu
yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy
tilimizda qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Jumladan pedagogika, ya’ni ta’lim-tarbiya
sohasida keyingi 20-yil ichida qo‘yidagi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda va
bizning ilmiy tilimiz iste’molida keng ishlatiomoqda: pedagogik texnologiya, ilg‘or
texnologiya, ilg‘or
tajribalar, innovatsiya va innovatika, pedagogik neologiya,
praksiologiya, aksiologiya,
innovatsiya va innovator, interaktivlik, strategiyalar,