Innovatsion yondashuvchi mutaxasislar globallashuv sharoitida
2023 № 2(4) RAQAMLI TЕXNOLOGIYALARNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI XALQARO JURNALI
ISSN 2181-3086
119
III. TAHLIL VA NATIJALAR
Ta’lim maqsadlari – diagnostik,
oʻqish-oʻqitish qayta ishlab chiqiladigan –
takrorlanadigan boʻlishi uchun har bir
maqsad erishiladigan boʻlishi lozim, ya’ni
ta’lim maqsadi shunday ifodalanishi
lozimki, unga erishilgani haqida aynan bir
xil qaror chiqarish mumkin boʻlsin.
Talabani oʻrganish natijasini anglaydigan
vazifalar oydinlashtirilgan oʻquv maqsad-
lari deyiladi. Oydinlashtirilgan maqsadlar
talabaning kuzatish, oʻlchash mumkin
boʻlgan harakatlarini nazarda tutadi.
An’anaviy ta’lim mazmuni koʻpincha,
mavzular shaklida boʻlib, ulardan aniq bir
xil ma’no anglatadigan oʻquv maqsad-
larini ajratib olish qiyin. Oʻquv vazifalari
(oydinlashtirilgan maqsad) larini ifoda-
lashni osonlashtirish maqsadida talaba
bilib, oʻrganib olgan harakatlarni aks
ettiradigan fe’llardan foydalanish tavsiya
etiladi. Masalan, biladi (aniq faktni,
qoidani),
izohlaydi
(sxema,
grafik,
diagrammani);
chiqaradi
(xulosani);
qoʻllaydi (tushunchani – yangi vaziyatda);
namoyish etadi, ajratadi, topadi (xatoni)
kabilar [4-8].
Innovatsion interaktiv oʻqitish uslub-
lari oʻquvchilarning ta’lim va kasbiy
tayyorgarligini birlashtirishga yordam
beradi, ular nazariya va amaliyot oʻrtasida
koʻprik boʻlib xizmat qiladi. Ta’lim
darajasi va kasb malakasi sifatiga
qoʻyiladigan talablar sezilarli darajada
ortadi. Hozirgi kunda talabalarning inno-
vatsion fikrlash qobiliyatini oshirishga
qaratilgan koʻplab usullar ishlab chiqilgan
va qoʻllanilgan.
Tanlangan
mutaxassislik boʻyicha
amaliy mashgʻulotlarni talabalar loyiha
uslubidan foydalanish jarayonida olishlari
mumkin. Ushbu metodga asosan, talabalar
kelajakdagi mutaxassislik amaliyotidan
ma’lum bir muammoni hal etishga
qaratilgan haqiqiy biznes-jarayonning
toʻliq loyihasini yaratishlari lozim boʻladi.
Ushbu uslub ayniqsa, axborot texno-
logiyalari va onlayn tijorat bilan bogʻliq
sohalarda talabalarni oʻqitish uchun ishlab
chiqilgan. S.Kadirov talabalarga mar-
keting kommunikatsiyalari vositalarini
ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazishlari
uchun zarur boʻlgan elektron tijorat
sohasida dastlabki loyiha veb-saytini
yaratishni taklif etadi. Loyihada ishlash
uchun talabalar biznesning yoʻnalishini,
shaklini va mavzuini tanlashlari, raqobat-
ning asosiy raqobatbardoshligini aniq-
lashlari,
raqobatchilarning
umumiy
darajasini
baholashlari,
raqobatchilar
orasida etakchini tanlashlari va har bir
raqibni
tahlil
qilishlari,
maqsadli
auditoriyani aniqlashlari, aloqa kompa-
niyasining
maqsadlarini
belgilashlari
lozim. Marketing kommunikatsiyalari
vositalari, har bir marketing kommuni-
katsiya vositasi uchun aniq maqsadlarni
belgilab olish va reklama ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirishda nazariy
tayyorgarlikning
optimal
kombi-
natsiyasini va amaliy echimlarni ishlab
chiqishni ta’minlash lozim.
Ta’limning innovatsion usullari man-
tiqiy fikrlashni, analitik koʻnikmalarni,
tizimni tahlil qilish koʻnikmalarini,
distiplinali
aloqalarni
rivojlantirish,
kengaytirish, ijodiy fikrlashni shakl-
lantirish, nostandart muammolarni hal
qilishda ijodiy yondashuv, oʻziga ishonch,
psixologik barqarorlikni mustahkamlash,
professional yondashuv va koʻnikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. Oʻquv
jarayonida axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalaridan
(AKT)
foydalanish
oʻquvchilarning innovatsion salohiyatini
oshirishda katta ahamiyatga ega.
Avvalo, Internetning oʻzi cheksiz
axborot
resurslari
manbai,
bundan
tashqari doim yangilanib turadi. Tarmoq-
dagi professional bilimlar faoliyatning har
qanday sohasidagi ilmiy, texnologik va
|