|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 173/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 202
jumladan boshqa fanlami o'qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy
natijalarni olib kelmoqda. Kompyuterli o'qitishning afzalliklari juda ko'p:
o'quvchilarda ma'lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan
topshiriqlar soni oshadi; o'quvchilarning ishlash sur'ati jadallashadi; kompyuter
tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o'quvchi ta'lim sub'ektiga
aylanadi; o'quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo'lgan jarayonlarni
modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo'ladi;
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan
ta'minlash imkoniyati hosil bo'ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o'yin
xarakterini oladi va bu bilan o'quvchilarda o'quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi
va hokazo.
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish,
jadvaldagi qiymatlar bo'yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini
bajarish mumkin. Exceldagi avtomatik to'ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli
qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat
ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi. Funksiya
qiymatlarini ma'lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko'p bo'limlarida
uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakul tetidagi talabalar
funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq
funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko'rishlari mumkin. Excel dagi funksiya
ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam
beradi. Funksiyalar ustasini qo'llash funksiyaning yozilishi va uning hamma
argumentlarini sintaktik to'g'ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. Bu esa o'z
navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda
o'rganishlariga juda katta yordam beradi. Ma'lumotlarni diagrammalar shaklida
namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam
beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko'rgazmali
tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Dasturlar-testlar. Dastur sinfi juda keng. Ushbu dasturlar kasb-hunar maktabi
va yuqori sinf o'qituvchilari tomonidan kasb-hunarga yo'naltirish bosqichida katta
|
| |