|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 172/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 201
bo'lganlar bilan ishlashda o'quv dasturlarini qo'llaydi. Keyingi o'n yillikda
matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy
yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli
tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid
matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim
o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning
maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga
keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarli bo'lishini taminlashdan iborat.
Modellashtirish yordamida o'quvchilarga malumotlarni grafik rejimda kompyuter
multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani
chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon
etishga moyil bo'ladilar. Ko'p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni
tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o'z kasbi bilan
bir vaqtda malum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu
maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega
bo'lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli
sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to
xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni
ham amalga oshirish mumkin. Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo'lgan ehtiyoj
so'z, yozuv, tasviriy san'atda, kitob chop etish, telegraf, telefon, radio, oynai jahon,
pochta aloqasi va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi
kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. Buning siri
shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog'ozlarda, magnit
tasmalarida, ya'ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur'atlar,
tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va
uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir. Kompyuter texnologiyasida matnlar,
tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o'xshash boshqa ishlarni amalga oshirish
imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal
etilmoqda. Shuning uchun matematika, algebra, Geometriya va fizika, shu
|
| |