|
Transport vositalarining yonilg‘i tejamkorlik xususiyati
|
bet | 15/26 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #111382 |
Bog'liq 3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari-fayllar.orgTransport vositalarining yonilg‘i tejamkorlik xususiyati
Avtomobilning yonilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari
YOnilg‘i tejamkorligi – avtomobilning har xil yo‘l sharoitida yonilg‘ini minimal sarflab transport ishini bajarishidir.
Avtomobilni harakatlantirish uchun zarur bo‘ladigan yonilg‘ining qiymati yuk tashishdagi barcha xarajatlarning 10 ... 15 % ini tashkil qiladi, shuning uchun yonilg‘idan unumli foydalanish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. YOnilg‘i sarfi avtomobilning konstruksiyasi va texnikaviy holatiga, yo‘l va iqlim sharoitiga, haydovchining mahoratiga, yuk tashishni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq.
YOnilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlarining bir qismi avtomobilning texnikaviy holatiga, ikkinchi qismi esa, yuk tashish protsessini tashkil qilishga bog‘liq. YOnilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Bir soatda sarflangan yonilg‘i:
Bu erda: soatiga sarflanadigan yonilg‘i, kg/soat
yonilg‘ining solishtirma sarfi,
100 km yo‘lni o‘tishga sarflangan yonilg‘i:
Bu erda harakat sharoitidagi o‘rtacha tezlik, km/soat.
Yo‘l birligiga sarflangan yonilg‘i
Bajarilgan transport ishiga sarflangan yonilg‘i
Bu erda: transport ishini bajarish uchun ketgan vaqt davomida sarflangan yonilg‘i, kg;
A – bajarilgan transport ishi.
YOnilg‘i tejamkorlik xarakteristikasi
Turli yo‘l sharoitlarida (ya’ni o‘zgarganda) soatiga sarflangan yonilg‘i miqdori bilan tezlik orasidagi bog‘lanish grafigi yonilg‘i tejamkorligi xarakteristikasi deyiladi. Bu grafikni akademik E.A.CHudakov tavsiya etgan. YOqilg‘i tejamkorligi grafigini qurish uchun avtomobil maxsus priborlar bilan jihozlanadi va yo‘l sharoitidagi sinovdan o‘tkaziladi.
|
| |