PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
96 
boʻlishgan. Lekin ona tomon qarindoshlar va ota tomondan opa-singillarning bolalari oila tarkibiga 
kiritilmagan. Chunki ular oʻz xonadonlarining oila a’zolari hisoblanishgan. Istisno tariqasida ota tomon aka-
ukalarning qizi oilaning toʻla huquqli a’zosiga aylangan [3, 90]. Zardushtiylarning oila ta’limoti asosini 
hayotning davomiyligi, naslning aslligini ta’minlash va, avvalo, oila qanday negizga qurilganligi masalasi 
tashkil etadi. Oilani tashkil etish esa, dastavval, nikoh bilan bog‘liqdir. “Avesto”ning Vendidod qismida oila 
butunligini saqlash, nikoh tuzish tartiblari, nikohning bekor qilinishi sabablari va shartlari ancha batafsil 
bayon qilingan: “- ikki kishi, xoh dindosh, xoh birodar, xoh doʻst bir-birovi bilan nima xususda paymon 
bog‘lasalar - biri ikkinchisining xonadonidan oʻziga xotin tanlasa, soʻzsiz uning talabi qondirilishi lozim” [1, 
44] yoki: “men bu soʻzlarim bilan kuyov tanlamoqchi boʻlgan bolig‘a qizlarga va siz ikki tanga ham nasihat 
qilaman. Mening oʻgitlarimga quloq solinglar va uni haqiqatda xotirangizga jo qiling va oʻz dinlaringizni 
topinglar-da, uni amalda joriy etinglar” [1, 32]. Bunga koʻra nikoh zurriyod qoldirish uchun irodasi 
mushtarak ikki tanni qovushtiradi. U yigit va qizning bir-birini chuqur hurmat qilishiga asoslangan birligidir. 
Qadimgi ajdodlarimizda balog‘at yoshi 15 yosh hisoblanib, oila qurishga imkoniyati va qobiliyati 
boʻlgan har bir yigit oila qurish va oʻzidan zurriyod qoldirishga majbur boʻlgan. Imkoniyati boʻla turib, 
uylanmay yurgan yigit badnom qilinib, temir kamar bog‘lab yursa, balog‘atga yetgan qiz bola umuman 
turmushga chiqishni istamasa qopga solinib yigima besh darra kaltaklanish bilan jazolangan va darmongoh 
huzuridagi dori tayyorlash korxonasiga ishga jalb etilgan. “Kimning xotini boʻlsa, u xotinsiz va dunyodan 
farzandsiz oʻtayotgan kimsadan yaxshiroqdir” [1, 47].
Lekin oila masalasida yoshlar erki paymol qilinmagan. Qiz bolani turmushga berish ota-ona izmida 
boʻlsa ham, nikoh oldidan uning roziligi soʻralgan. Shuningdek, “Kadxudo (er), kadbonu (xotin) 
mashvaratisiz, roziligisiz, qizini erga berish huquqiga ega boʻlmagan” [5, 59]. Bu oʻrinda oila ahilligi, 
yaqinlar oʻrtasidagi iliq munosobatlar, oʻzaro hurmat, xususan, ayollarga ehtirom va ular erkini himoya 
qilish zarurligi yuksak axloqiy tamoyil sifatida e’zozlangan : 
“- Qoʻy, nikohga intiq boʻlgan g‘ayratli qizlar, 
Soʻrasinlar zor-intizor kutgan kunlarin 
Xonadonin bir bahodir sohibini ham” [1, 177]. 
Nikohga va oila qurishga tayyorgarlik jarayonida qiz bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Qiz 
balog‘atga yetguncha oʻz davrining barcha hunarlarini bilishi, chorva mollariga qarash, parvarishlash, uy 
roʻzg‘or yumushlarini mukammal tarzda ado etishi, pokiza, ozoda yurishi shart boʻlgan. Bu yoʻnalishda qiz 
bolaning ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lom , barkamol boʻlishi, birinchidan oilaning mustahkam, 
xonadonning farovon boʻlishini ta’minlasa, ikinchi tomondan sog‘lom farzandlarning dunyoga kelishiga 
zamin yaratgan boʻladi. Zardushtning oʻz qiziga qarata “Ey Puruchista, .. Ey Zardushtning bolig‘a qizi! 
Mazda Ezgu niyat va Ashah haqiqatga inongan zotni senga tiriklikning yoʻldoshi aylaydi. Shunday ekan, oʻz 
aqling va idrokingdan savol ayla, .. Hushyorligingni ziyoda qil!” deya xitob qilishi barcha qizlarga oʻrnak 
qilib koʻrsatiladi.
Zardusht qizining ismi Puruchista deb atalashi bejiz emas. Chista – pahlaviyda “farzang”. Ma’nosi - 
bilim, donish, ogohlik, farzonalik. Ilmu donish ilohasi. Oʻn oltinchi yasht “Din yasht”da Chistaga keng ta’rif 
berilgan, uning sha’niga olqish va madhiyalar oʻqilgan. “Din yasht”da ilm-fan, bilim va donishmandlik 
ilohasi Chistaning madh etilishi shuni koʻrsatadiki, zardushtiylik dini rahnamolari va peshvolari qiz bolalar 
tarbiyasida ilm-fan va dinning uyg‘unligi va bir butunligini ta’kidlaganlar. Mehr yashtda Chista “oq libosli” 
sifati bilan tavsiflanadi. Shu oʻrinda zardushtiylik dini ustoz va murabbiylari dastur va ma’budlarining ham 
doimo oq libos kiyib yurishlari Chistaga, ilm-fanga boʻlgan hurmat va ehtirom ramzi sifatida izohlanadi.
Prof. H.Homidov “Avesto”da turmushga chiqish va uy bekasi boʻlishning 5 turi: 1) podshoh xotin; 2) 
ayuqxotin; 3) chokar xotin; 4) oʻzboshimcha xotin; 6) sita xotinlar koʻrsatilganligini aytib oʻtib, ularning har 
biriga qisqacha izoh beradi. Bu izohlarda nikoh tuzish va oila qurishdagi huquqiy holatlar, oila tuzilishi va 
shakllari tavsiflanganligi diqqatga sazavordir. Shuningdek, nikohni bekor qilish tartiblariga toʻxtalib oʻtib, 
arzimas bahonalar bilan nikohni buzish, bekor qilish jamiyat tartibining susayishiga olib kelinishini alohida 
qayd qiladi. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish