|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 120/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
93
oshirish, tadbirlarni muvofiqlashtirish, davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash,
ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashish kabilar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu o‘rinda bo‘lajak
o‘qituvchilarni tarbiya jarayonida turli tashkilotlar tomonidan o‘quvchi-yoshlarning muammolarini o‘z
vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda farzand tarbiyasi muammolari ,
ehtiyojlari va qiziqishlarini uyma-uy yurish orqali o‘rganish ishlarini tashkil etishda mahalla raislari va
oqsoqollari ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarning faoliyatini samarali tashkil etishda
yordam berish tajribasiga ega bo‘lish, oilalarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti, tarbiya muammolarini
aniqlash va hal qilish bo‘yicha mas’ul idora va rahbarlarning faoliyati bilan hamkorlikda muvofiqlashtirishda
tashkilotchilik qobiliyati ega bo‘lishlari muhim o‘rin tutadi. Bunda bo‘lajak o‘qituvchilar tarbiya
masalalariga oid muammolarini hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqib, amalga oshirish va
maktab pedagogik kengashlarida har oyda hisobot berish ta’lim muassasalarida o‘quvchilar sog’lig’ini
tiklash ishlarini tashkil etish mahoratiga ega bo‘lishlari, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar
bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni egallashi bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirishlari
muhim hisoblanadi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan muntazam ravishda seminar mashg’ulotlarida, pedagogik amaliyot
jarayonida munozaralar, savol-javoblar, tadbirlar o‘tkazish, referatlar tayyorlash kabilar talabalarni
tarbiyaviy ishlarga tayyorlash malakalarini oshiradi.
Hozirgi kunda uzluksiz ta’limda qator dolzarb muammolar mavjud. Pedagog kadrlarga bo‘lgan talab,
malakali o‘qituvchilarga ehtiyoj, ta’lim turlari o‘rtasida uzviylik va integratsiya, ta’lim-tarbiya sifatini
oshirish, o‘qitishga nisbatan tizimli yondashuv yangi mexanizmni yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Unda
ta’lim turlari o‘rtasida o‘zaro nazorat ham, raqobat ham, manfaatlar ham ta’minlanishi zarur. Toshkent
viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti ana shu muammoning ilmiy-nazariy va amaliy yechimini topish
asoslarini yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifalari belgilangan.
Institut faoliyatida zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilish masalalari ta’lim-tarbiya
jarayonlaridan chuqur o‘rin egallagan.
|
| |