3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Har bir ota-ona o‘z farzandini nikoh yoshiga yetganda emas, balki ancha avvalroq, 
sog’lig’iga e’tibor berishi lozimligi muhim masalalardan biri hisoblanadi. 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi 
“Oila kodeksi” [1]ning 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslarning nikohlari qayd qilinmasdan avval tibbiy 
ko‘rikdan o‘tish kerakligi belgilab qo‘yilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-
yil 25-avgust qarori [2]ga binoan, nikohlanuvchi shaxslarning nikohi qayd qilinmasdan avval 
chuqurlashtirilgan, sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur qarorga ko‘ra, nikohlanuvchi 
shaxslar endi tibbiy ko‘rikdan avvalgiday umumiy tartibda tekshiruvdan o‘tmasdan, besh xil kasallik: ruhiy, 
narkologik, zahm, sil, SPIDlar bo‘yicha o‘zlari ro‘yxatda turgan poliklinikada mukammal tibbiy ko‘rikdan 
o‘tishadi. Yigit-qizlarda belgilangan kasallik qayd etilsa, turmush qurish-qurmasligi o‘zlarining ixtiyoriga 
tashlanadi. Nikohdan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tish ko‘p davlatlarda majburiy ekan. Demak, inson 
salomatligi, jamiyat pokligini o‘ylab qilingan zaruriyatni inson erkiga daxl qilish deb tushunish to‘g’ri 
bo‘lmaydi. O‘zbekistonda tibbiy tekshiruv bepul etib belgilangan. Respublikamizda bir yilda 160 000 (320 
000 yigit-qiz ) ro‘yxatga olinadi.
Mustaqillik yillarida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini 
takomillashtirish orqali u yerda istiqomat qilayotgan aholiga tibbiy xizmat yordamini yaqinlashtirish, 
tibbiyotning 10 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarni tashkil 
etish kabi talaygina samarali faoliyatlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimizning 2011-yil 28 noyabrdagi 
“Sog’liqni saqlash tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish chora tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1652-sonli 
Qarori [3] asosida, respublikamizning eng chekka rayonlarida yana 102 ta qishloq vrachlik punkti tashkil 
etilib, ularning moliyaviy texnik bazasi rivojlantirildi. Mamlakatimizda xalqaro hamjamiyat tomonidan tan 
olingan “Sog’lom ona – sog’lom bola” dasturi doirasidagi chora-tadbirlar yillar davomida yangi bosqichga 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish