PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
104 
sudlov (sud jarayoni) doirasida amalga oshiriladigan har qanday nazorat faoliyati sud protsesslari doirasida 
amalga oshiriladi. 
Muhokamalar va natijalar. Oʻzbekiston qonunchiligi asosida sud nazoratining quyidagi 
xususiyatlari ajratib qoʻrsatish mumkin: 
Birinchidan, sud nazorati qonun ijodkorligi sohasida sud hokimiyatining mustaqil funksiyasidir. 
Normativ-huquqiy hujjatlarni tekshirish boʻyicha sud vakolatlarining aniq darajada amalga oshirilishi sud 
hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlari oʻrtasidagi mutanosiblikni ta’minlaydi va 
butun huquqiy tizim balansini saqlashning eng muhim vositasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan sud 
nazoratini sud tizimining mustaqil funksiyasi deb aytish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar 
toʻg‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida sud Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari toʻg‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun 
bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun 
ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir [14]. 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻg‘risida”gi 
Qonunning 2-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va 
ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻg‘risidagi ishlarni koʻrib chiqish 
boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud hokimiyati organidir [15]. 
Ikkinchidan, sud nazorati bu sudlarning ma’muriy hujjat va normativ-huquqiy hujjatlarni tekshirish 
boʻyicha harakatlaridir. Normativ-huquqiy hujjatlar ustidan sud nazorati Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy va Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi. Sud tomonidan normativ-huquqiy hujjatni 
tekshirish uning qonuniyligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Sud me’yoriy-huquqiy hujjatni 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va yuqori yuridik kuchga ega ekanligini tekshiradi. Normativ-
huquqiy hujjatni tekshirish natijasida sud uning qonuniyligini tasdiqlaydi yoki noqonuniy deb tan oladi. 
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻg‘risidagi kodeksiga koʻra, sud 
idoraviy normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan 
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy me’yoriy-huquqiy 
hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish mumkin. 
Uchinchidan, sud nazorati sud hal qiluv qarorlari va me’yoriy -huquqiy hujjatlarning oʻzaro ta’sirining 
shakllaridan biridir.
Yuridik adabiyotlarda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning oʻzaro ta’siri masalasi chuqur oʻrganilmagan. 
“Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro ta’siri” tushunchasi tahlil qilinmagan va uning ilmiy ta’rifi ishlab 
chiqilmagan.
Sud hal qiluv qarorlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning oʻzaro ta’siri masalalarining chuqurligi, 
murakkabligi va koʻp qirraliligini hisobga olib, biz faqat sud qarorlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarga 
ta'sir qilish asosiy shakllarining xususiyatlariga toʻxtalamiz. 
Me’yoriy-huquqiy hujjatning yuridik kuchdan mahrum qilinishi uning haqiqiy emas deb e’tirof 
etilishini va shunga mos ravishda toʻliq qonuniy diskvalifikatsiyasini va tartibga soluvchi tizimdan 
chiqarilishini anglatadi [16]. 
Sud hal qiluv qarorining normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish xususiyatlariga ta’siri uni haqiqiy 
emas deb tan olinishi bilan ifodalanadi. Natijada uni qoʻllamaslikka erishiladi.
Sud hal qarori nafaqat sud nazorati obyekti boʻlgan me’yoriy-huquqiy hujjatga, balki noqonuniy 
me’yoriy-huquqiy hujjatga asoslangan qoidalarni oʻz ichiga olgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ham 
ta’sir qilishi mumkin. Lekin, mazkur tartibot milliy qonunchiligimizda mavjud emas. Amaldagi 
qonunchilikka koʻra, sud norma nazorati obyekti boʻlgan hujjat jismoniy va yuridik shaxsning huquq va 
erkinliklarini buzayotgan hujjat hisoblanadi. Sud faqatgina ushbu hujjatni tekshirishi mumkin.
Sud hal qarori me’yoriy-huquqiy hujjatning tartibga soluvchi ta’sirini toʻg‘irlash vositasi sifatida ham 
xizmat qilishi mumkin. Agar me’yoriy-huquqiy hujjatdagi qoidalar cheklangan tarzda bayon qilingan boʻlsa, 
sud unga sharh berishi mumkin.
Demak, sud nazorati sud qarorining qonuniy kuchga ega boʻlmagan hujjatni bekor qilish, hujjatning 
tartibga solish ta’sirini toʻxtatib turish, shuningdek, sud tomonidan noqonuniy deb tan olingan qoidalarni 
normativ ravishda takrorlashga ta’qiq orqali me’yoriy -huquqiy hujjatga ta’sir koʻrsatadi. 
Toʻrtinchidan, sud nazorati bu Konstitutsiyaviy sud va ma’muriy sudlarning protsessual faoliyatidir. 
Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatning qonuniyligini tekshirish ma’muriy protsessual qonunchiligida 
belgilangan qoidalarga muvofiq odil sudlov doirasida amalga oshiriladi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning 
qonuniyligini sud muhokamasi doirasidan tashqarida tekshirish boʻyicha sud faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi va 
bunday tekshirish natijalari yuridik ahamiyatga ega boʻlmasligi mumkin. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish