PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
102 
Yaponiyada ma’muriy sud ishlarini yuritish shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin: 1) 
dastlabki koʻrib chiqish; 2) ishni mohiyatan koʻrib chiqish (hal qilish). Ma’muriy huquq sohasidagi olimlar 
birinchi bosqichda muammolarni hal qilish bilan bog‘liq masalalarga urg‘u beradilar. Ishni dastlabki koʻrib 
chiqish jarayonida ishni sudga taalluqliligiga oid talablar tekshiriladi, masalan: a) da’vogarning sudga 
shikoyat qilish huquqi bor yoki yoʻqmi; b) ishda ma’muriy akt (qaror) mavjudmi; g) da’vogar ma’muriy akt 
boʻyicha e’tiroz bildirish huquqiga egami; d) ish ma’muriy ishlar boʻyicha sud muhokamasida yoki fuqarolik 
protsessida koʻrib chiqiladimi.
Da’vo qonunchilikda belgilangan talablarga javob bersa, keyingi ish yurituvga qabul qilinadi. Agarda 
belgilangan talablarga javob bermasa, u rad etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻg‘risidagi kodeksning 108-moddasiga 
koʻra, sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: 
1) ish ma’muriy sudga taalluqli boʻlmasa; 
2) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻg‘risidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo 
yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; 
3) arizachi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; 
4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy 
vorislikka yoʻl qoʻymasa; 
5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa; 
6) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki bundan boʻyin tovlash toʻg‘risidagi arizani (shikoyatni) 
koʻrilayotganda huquq toʻg‘risida nizo kelib chiqqan boʻlsa; 
7) toʻplangan materiallarning yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli 
emasligi. 
Ish yuritishni tugatish toʻg‘risida sud ajrim chiqaradi. Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini 
koʻrsatadi, shuningdek, sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda davlat bojini byudjetdan qaytarish toʻg‘risidagi masalalarni hal qiladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Ish yuritishni tugatish toʻg‘risidagi ajrim ustidan shikoyat 
qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir 
predmet toʻg‘risidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yoʻl 
qoʻyilmaydi [3]. 
Mahalliy davlat hokimiyat organlari hujjatini sud tomonidan bekor qilish boʻyicha da’vo qilish uchun 
ma’muriy hujjat qanday xususiyatlarga ega boʻlishi lozim? Yaponiya Oliy sudining 1964-yil 29-oktyabrdagi 
qaroriga koʻra, ma’muriy hujjatlar (a) ommaviy-hokimiyat va (b) bevosita (individual) huquqiy munosabatni 
tartibga solishi lozim. Ushbu masala boʻyicha Yaponiya Oliy sudi amaliyotidan bir nechta ishlar keltirib 
oʻtsak. Masalan, Yaponiya Oliy sudi 2006-yil 14-yanvarda suv narxini oshirish toʻg‘risidagi mahalliy qarorni 
bekor qilish toʻg‘risidagi da'voni rad etdi. Oliy sud suv ehtiyojlarini qondirish uchun narxlarni oshirish 
ma’lum bir doiraga tegishli boʻlgan harakat emas deb baholadi. Binobarin, ushbu akt ma’muriy akt emas va 
sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin emas [4]. 1966-yil 23-fevralda Oliy sud arxitektura rejasining 
noqonuniyligiga qarshi da’vo arizasini ham rad etdi, chunki bu hujjat ham ma'muriy akt emas. Biroq, 
Yaponiya Oliy sudi 2008-yil 10-sentyabrdagi qarorida oldingisiga oʻxshash boshqa holatda oʻz pozitsiyasini 
oʻzgartirdi. Sud oʻz pozitsiyasini oʻzgartirishda jamoat manfaatlarini ustunligini ta’minlash asosiy rol 
oʻynadi.
Ma’muriy aktni bekor qilish boʻyicha sud protsessida eng qiyin masala sud ish yurituvining 
ishtirokchisi boʻlgan da’vogarning oʻzidir. Bu yerdagi asosiy muammo da’vogarni aniqlashdir. Masalan, 
Yaponiya Oliy sudi 1978-yil 14-martdagi qarorda ma’muriy aktni bekor qilish toʻg‘risidagi da’vo arizasini 
qondirmadi. Biznesda adolatni ta’minlash uchun ayollar iste]molchilar huquqlarini himoya qilish idorasi 
ustidan shikoyat qilishgan. Ushbu agentlik shikoyatni rad etdi, chunki tashkilot aslida huquqlarni buzgan 
tomon emas edi. Bundan norozi boʻlib, ayollar ushbu organ qarorini bekor qilishni talab qilib sudga murojaat 
qilishdi. Agarda qonunda ma’lum bir shaxslarning huquqlari himoya qilinsa, sud tomonidan ularning 
huquqlariga monelik qila olmaydi. Lekin, ma’lum shaxslar toifasi uchun imtiyozlar berilishi mumkin emas. 
Sud nazorati ilmiy jihatdan ancha munozarali tushunchadir. Sud nazorati obyekti bu normativ aktlar, 
shuningdek davlat organlar va mansabdor shaxslarning muayyan huquqiy oqibatlarga olib keladigan 
harakatlari (harakati va harakatsizligi) kiritish mumkin. Shu munosabat bilan, sud nazorati konsepsiyasida 
sud hokimiyati va sud boshqaruvi sohasidagi mansabdor shaxslarning yurisdiksiyaga bog‘liq boʻlmagan 
funksiyalarini kiritish mumkin. 
Sud nazoratining uchta funksiyasi bor. Birinchidan, bu quyi sudlarning notoʻg‘ri qarorlarini bekor 
qilish orqali adolatni ta’minlaydi. Ikkinchidan, apellyatsiya sudlari quyi sudlarning ishini nazorat qiladi. 
Uchinchidan, ijro hokimiyat organlari hujjatlarining qonuniyligini nazorat qiladi [5].
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish