|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 135/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
103
K.Bretsshnayderning ta’kidlashicha, sud nazoratining maqsadi xalqning demokratik jarayonlardagi
ishtirokini saqlab qolishdir. Sud nazorati fuqarolarga oʻz huquqlarini himoya qilishda hukumatga qarshi
turishda muhim rol oʻynaydi [6].
Sudning nazorat faoliyati ma’lum protsessual doirada amalga oshiriladi, uning tartiboti protsessual
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Sud nazorati odil sudlov shaklida, konstitutsiyaviy, fuqarolik,
ma’muriy yoki jinoiy sud ishlarini yuritish, shuningdek, boshqa yurisdiksiya shakllarida koʻrib chiqish va hal
qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
V.A. Rjevskiy va N.M. Chepurnovalar yuqoridagi fiklarga qarshi chiqadilar. Jumladan, ular sud
nazorati va odil sudlov kabi sud faoliyatining turlarini (shakllarini) qat’iy ravishda bir-biridan keskin
farqlaydilar, chunki sudning nazorat qilish faoliyati odil sudlov doirasidan tashqariga chiqadi [7].
Yuqoridagi fikrga qisman qoʻshilish mumkin. Lekin sud ish yurituvi ma’lum ma’noda sud nazorati
bilan bog‘liqdir. Misol uchun, ma’muriy hujjatni haqiqiy emas deb topish faoliyatini aytish mumkin.
Shuning uchun ham ba’zi olimlar tomonidan sud nazoratini sud funksiyani amalga oshiruvchi
yordamchi tizim bilan bog‘lashadi [8].
Biroq, bir qator olimlarning fikricha, sud nazorati sud tizimining alohida funksiyasi sifatida koʻrib
chiqilishi mumkin emas. S.K. Zagainovaning ta’kidlashicha, sud hokimiyati normativ huquqiy-hujjatlarni
koʻrib chiqish va hal qilishda nazoratni amalga oshiradi. Shuning uchun sud konstitutsiyaviy nazoratni
amalga oshirish vazifa emas, balki odil sudlov oldida turgan vazifalardan biridir [9].
Ushbu firkga qoʻshilish mumkin. Sud nazorati sud ish yurituvining muhim qismi hisoblanadi. Misol,
uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish maxsus protsessual tartibda amalga
oshiriladi.
S.V.Nikitinning ta’kidlashicha, odil sudlovni amalga oshirish sud hokimiyatining asosiy faoliyat
yoʻnalishidir. Sud nazorati va odil sudlov funksional nuqtayi nazardan oʻzaro bog‘liq, ammo sud tizimi
faoliyatining turli tomonlarini (jihatlarini) tavsiflovchi turli xil yuridik kategoriyalardir [10].
Buyuk Britaniyalik huquqshunos A.Strit tomonidan sud nazorati tushunchasi shaxsning
konstitutsiyaviy huquqi bilan bog‘lanadi. Ya’ni shaxs oʻzining Konstitutsiyaviya va qonunlarda belgilangan
huquqlarini hukumatning noqonuniy qonunosti hujjatlaridan sud nazorati orqali himoya qila olishi kerak
[11]. Shu munosabat bilan shuni ta’kidlash kerakki, yuqori sud instansiyalari tomonidan sud hujjatlarining
qonuniyligi va haqiqiyligini tekshirish nazorat xarakteriga ega. Biroq, belgilangan aniq protsessual faoliyatni
sud nazorati konsepsiyasiga kiritish maqsadga muvofiq emas, chunki davlat hokimiyatining mustaqil
tarmog‘i sifatida sud hokimiyatining nazorat funksiyalari birinchi navbatda boshqa kuch tuzilmalarining
harakatlarining qonuniyligini nazorat qilishga qaratilgan. Ushbu tashqi nazorat funksiyalari bir qator umumiy
tamoyil, qonun, xususiyat va boshqalarga ega boʻlib, ularni sud nazorati yagona konsepsiyasi bilan
birlashtirishga asos beradi. Shu ma’noda, sud nazorati adliya doirasida amalga oshiriladigan normativ-
huquqiy hujjatlar, davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan
tashqi nazoratdir.
Ayrim tadqiqotchilar tomonidan sud nazorati tushunchasini konstitutsiyaviy nazorat asosida tahlil
qilinganligini kuzatish mumkin. Ya’ni nazoratni tushunishda asosiy e’tibor nizoli normativ-huquqiy
hujjatning normativ tartibga muvofiqligini tekshirishga qaratilgan boʻladi. Bu borada N.V. Vitrukning
ta’kidlashicha, konstitutsiyaviy nazorat bu yuridik shaxslarning xatti-harakatlari, qarorlari va harakatlarining
konstitutsiyaviyligini tekshirishdir [12].
Mazkur fikrga qisman qoʻshilish mumkin. Sud nazorati faqatgina konstitutsiyaviylikni ta’minlashga
xizmat qilmaslik kerak, boshqa qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklar ham himoya qilishini lozim.
T.V. Parshinaning fikriga koʻra, sud nazorati huquqiy hujjatlarning qonuniyligi ustidan sud nazorati
hisoblanib, bu sudlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan, qonun hujjatlarining
talablarga muvofiqligini tekshirish boʻyicha sud faoliyatidir [13]. Mazkur ta’rifda ayrim jihatlar ochib
berilmagan. Jumladan, murojaat qiluvchi subyektlar, qonun hujjatlari doirasi va maxsus protsessual tartibot
kabi masalalar aks etmagan.
Shu nuqtayi nazardan, sud nazorati tushunchasiga quyidagicha mualliflik ta’rifi berish mumkin: “Sud
nazorati bu jismoniy va yuridik shaxslarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq, erkinliklari va
qonuniy manfaatarini himoya qilish maqsadida konstitutsiyaviy va ma’muriy sud ish yurituv tartibida amalga
oshiriladigan sud faoliyatidir”.
Sud nazorati sud tomonidan ma’muriy hujjat va normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqish va hal
qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar nuqtayi nazaridan tavsiflanishi mumkin, chunki bu
huquqiy munosabatlar sud ishlarining alohida toifasini tashkil etadi. Biroq, ushbu qarashlar bizga sud
normativ nazoratining oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq aks ettirishga imkon bermaydi, chunki sudning odil
https://buxdu.uz
|
| |