|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 138/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
106
Madina KARIMOVA
Toshkent davlat oʻzbek tili
va adabiyoti universiteti
oʻqituvchisi
TALABALAR OʻQUV FAOLIYATIDA OʻZINI OʻZI BOSHQARISHNING SHAXS
XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada oʻspirinlik davrining oʻziga xos xususiyatlari va talabalik davrida axloqiy
hislarning rivojlanish omillari hamda talabalarda axloqiy fazilatlarni aniqlash metodikasi tahlili koʻrsatib
oʻtilgan.
Kalit soʻzlar: axloq, his, oʻspirinlik davri, axloqiy fazilat, insoniy munosabatlar, Kettell metodikasi,
ishonuvchanlik shkalasi, tobelik, mustaqillik shkalasi.
В статье представлен анализ особенностей подросткового возраста и факторов развития
нравственных, моральных качеств студентов, а также методика определения моральных качеств
у студентов.
Ключевые слова: нравственность, чувство, подростковый возраст, нравственная
добродетель. человеческие отношения, методика Кеттелла, шкала доверчивости, тобелика, шкала
независимости.
The article presents an analysis of the characteristics of adolescence and factors in the development
of moral moral qualities in students, as well as a methodology for determining the moral qualities of
students.
Key words: morality, feeling, the era of obsession, moral virtue. human relations, Kettell
methodology, scale of trust, subordination, scale of independence.
Kirish. Munosabat murakkab koʻrinishga ega boʻlib, unda shaxs xususiyatlari asosiy oʻrin egallaydi.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda
ular bilan oʻzaro ta’sir doirasida boʻlishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan
biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson oʻzgalarni tinglashga, oʻz fikrini birovlarga yetkazishga,
ya’ni fikr bildirishi, ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug‘ma qobiliyatliday oʻzini tasavvur qiladi. Lekin
ana shu birovlarni tushunish va oʻz fikrlarimiz, oʻylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati aslida bizning
insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz oʻzimizga oʻxshash inson jamiyatisiz mavjud boʻla
olmasligimizni bildiradi.
|
| |