• Adabiyotlar
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    108 
    Qoʻzg‘aluvchanlik va zoʻriqish shkalasi boʻyicha natijalar tahlili shuni koʻrsatadiki, sinaluvchilarda 
    34% va 53% ni tashkil qiladi. Unga koʻra past koʻrsatkich, ya'ni boʻshligi qoniqish hissi bilan bog‘liq, 
    zoʻriqish, murakkab maqsadlardan oʻzini olib qoladi. Shuning uchun kamroq xatoga yoʻl qoʻyish uchun oʻz 
    oldiga kichik–kichik maqsadlarni qoʻyadi. Yuqori koʻrsatkich 3-kurs talabachilarida ustunlikka ega boʻlib, 
    zoʻriqqan, qoʻzg‘alish kuchli, me’yordan ortiq, faol, sabrsizlikka moyil. U koʻpincha toliqqan. Guruhdagi 
    birlik yetakchilik darajasini notoʻg‘ri baholaydi. Uning hayajonlanib kuyinishi koʻproq maqsadlarni amalga 
    oshirilmay qolib ketishga olib keladi. Shuningdek, bu jihat uning yosh davr xususiyatlari bilan ham 
    belgilanishi mumkin.
    Talabaning ijtimoiy voqelikdagi oʻzini oʻzi qidirish, shaxsiy xususiyatlarini aniqlash jarayoni koʻp 
    hollarda ichki nizolarni keltirib chiqaradi. Bolaligi ketgan-u, hali katta boʻlmagan inson uchun oʻzining yangi 
    “Meni” obrazini qidirish ancha og‘riqli va davomiy kechadi. Ularga e’tibor bermaslikka urinishi talabaning 
    atrofdagilar bilan munosabatlarining buzilishiga olib keladi. 
    Xulosa. Keltirilgan metodika natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki, talaba shaxsida shaxs 
    sifatlarining shakllanishi oʻzini oʻzi boshqarish xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq boʻlishi mumkin.
    Adabiyotlar 
    1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – 
    T.: “Oʻzbekiston”, 2016. 
    2. Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. -T., 1999. 
    3. Karimova M. Yosh avlodni tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy jihatlari. Ayol-ma’naviyat gulshani 
    IIV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2015 yil. 311-313-b. 
    4. Karimova M. Kasb-hunar kolleji oʻquvchilarida axloqiy hislarni rivojlantirish omillari. -GulDU 
    Universitet axborotnomasi, 2016 /4, 71-75-b. 
    5. Karimova M. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishdagi pedagogik va psixologik muammolar. 
    Barkamol shaxsni shakllantirish muammolari. 2016, 142-144-b. 
    6. Nishonova Z.T. Bolalarga ma’naviyat va axloq asoslarini oʻrgatishning psixologik muammolari. –
    T.: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 1999. 
    7. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. -T., 2010. 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish