|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 149/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
114
tomondan yoshlarda tanlagan mutaxassislikka intilish, kasbiy bilimlarga barqaror intilish-qiziqishning
pasayishiga, hatto yoʻqolishiga olib kelmoqda, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zoʻr berish oʻrnini
loqaydlik, faoliyatsizlik, firibgarlik va dangasalik egallaydi.
Boshqacha aytganda, ular “tayyor axborotlarning quli”ga aylanib ham qolmoqdalar. Turmushda
kompyuter, display, telefon, kalkulatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zoʻr berishdan
xalos qiladi. Lekin bu yordamchi vositalarning toʻg’ri, aniq ishlayotganiga kim kafolat beradi, ularni kim
qanday tekshirishi kerak. Albatta, buni bugungi oʻquvchi- talaba qilishi kerak-ku!
Oliygohda tahsil olayotgan talabaning umumta’lim maktab oʻquvchisidan muhim farqi shundaki, u
faqat tinglovchi-oʻquvchigina emas, mustaqil oʻqiyotgan, ilm olayotgan, kasb-hunar egallovchi hamdir.
Chunki talaba (student) - lotincha “mustaqil shug’ullanuvchi” degan ma’noni anglatadi.
Talabalarga mustaqil yashash, bilim olish, oʻz hayotini, faoliyatini oʻzi tashkil qilishi, oʻz-oʻzini
boshqarish, toʻplagan bilimlari evaziga yangi g’oyalarni ilgari surish va shularga oʻxshagan koʻpgina yaxshi,
foydali fazilatlarni tarkib toptirish hamda oʻrgatishdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirishning yagona,
asosiy omili birinchidan, monologik ma’ruzadan diologik ma’ruzaga ya’ni muloqot–ma’ruzaga oʻtish
boʻlsa, ikkinchdan, amaliy oʻtiladigan fanlarni, jumladan, boʻlg’usi shifokorlik kasb tili (lotin tili)ning
imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish uchun hozirgi zamon pedagogik texnologiyalardan koʻproq foydalanish,
ayniqsa, oʻquv oʻyinlaridan samarali foydalanish maqsadga yaqinroqdir.
Ruhshunoslarning ilmiy, ilmiy-amaliy tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda oʻzligini
anglash vujudga keladi, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini anglashi, aniq turmush rejalarini tuzishi,
kelajak hayot yoʻlini belgilashi va hokazolar amalga oshishini koʻrsatadi. Oʻquvchi-talaba asta-sekin
mikroguruhning notanish sharoitlariga moslashib, koʻnikib boradi, oʻzining haq-huquqlari va
majburiyatlarini tushuna boshlaydi.
Oʻquvchi-talaba 17-19 yoshda ham oʻz xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega
boʻlmaydi va shunga koʻra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni koʻra olmaslik, ehtiyotsizlik kabi
holatlar roʻy beradi. Bu yoshda ba’zan ayrim salbiy xatti-harakatlar koʻzga tashlanadi.
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti, hayot yoʻli va faoliyatida oʻzini oʻzi kamolotga yetkazish
jarayoni muhim rol oʻynaydi. Ideal “men”ni real “men” bilan taqqoslash orqali oʻzini oʻzi boshqarishning
tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega boʻladi. Oʻquvchi-talaba nuqtayi nazaricha, ideal “men” ham muayyan
mezon asosida yetarli darajada haligach ilmiy tekshirib koʻrilmagan, shuning uchun ular goh tasodifiy,
g’ayritabiiy his etilishi muqarrar, binobarin, real “men” ham shaxsni haqiqiy baholashdan ancha yiroqdir.
Oʻquv yili boshida talabada koʻtarinki kayfiyat, oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirganidan zavq-shavq tuyg’usi
kuzatilsa, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin burulish
roʻy berishi ham mumkin. Bizningcha, oliy oʻquv yurtida tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta’lim jarayonida
talabaga oʻziga xos munosabatda boʻlish mazkur davrning muhim shartlaridan biridir.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan qat’iy nazar oʻspirin yigit va qizlarni oliy oʻquv yurtiga
oʻqishga kirishi ularda oʻqishi, qobiliyati, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch
paydo boʻladi, ana shu ishonch, oʻz navbatida, toʻlaqonli hayot va faoliyatni uyg’unlashtirishga umid
tuyg’usini yuzaga chiqaradi. Bu mulohazalarni psixolog olimlarning olib borgan ilmiy eksperimental
tadqiqot natijalari ham tasdiqlaydi.
Oʻquvchi-talabalar oʻqishdagi yaxshi natijalarining muhim sharti oliygohdagi ta’lim-tarbiya
jarayonining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish, discomfort (noqulay, noxush) tuyg’usini bartaraf qilish,
mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlarning oldini olishdan iboratdir.
|
| |